“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:57
ЎЗO‘Z

"Gazini bos Shoma!" Italiyaliklar O‘zbekiston o‘yinini kuzatmoqda

12 okt, 19:43 5 059 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Gazini bos Shoma!" Italiyaliklar O‘zbekiston o‘yinini kuzatmoqda O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inining bir qismida ishtirok etgan Eldor Shomurodov “Jenoa” so‘roviga ko‘ra, muddatidan oldin ortga qaytdi. Sports.uz portali muxbirlari Italiyaga yetib borgan Eldor Shomurodovdan o‘zbekistonlik muxlislar uchun intervyu berishini so‘rab murojaat qilgandi. Biroq, hujumchimiz uzr so‘ragan holda, intervyu berish uchun qoidaga ko‘ra, rahbariyatdan rasman ruxsat olishi kerakligini va hozircha, shoshmay turishni iltimos qildi.

Shunday bo‘lsa-da, biz Eldor Shomurodov atrofidagi yangilik va voqealar haqida ma’lumot berishni davom ettiramiz.

Birinchi navbatda “Jenoa” klubining rasmiy sayti Eldor Shomurodovning nomi va 61-raqami tushirilgan futbolkalar uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridan buyurtmalar tushayotgani haqida xabar tarqatganini aytish joiz. Bundan tashqari, klub bu futbolkalarni genuyaliklarning elektron savdo portali orqali qo‘lga kiritish mumkinligini ham ma’lum qildi. “Jenoa” sayti Eldor mintaqaning haqiqiy yulduziga aylanganini alohida tilga olgan.

Bundan tashqari, italiyalik futbol muxlislari Eldor Shomurodov imkoniyatlari bilan yaxshiroq tanishish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvini tomosha qildi va o‘yindan so‘ng, ular “Jenoa”ning yangi hujumchisi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Italiyaliklarga Shomurodovning raqib darvozasini ishg‘ol qilgani juda ma’qul keldi.

E’tiboringizga muxlislarning fikrlarini havola etamiz.

Andrea Conti:
Gol urgani zo‘r bo‘ldi. “Jenoa” futbolchisiga aylanishi bilan to‘purarlik muhoratini tiklab oldi. Eng muhimi, gol urishni A Seriyada ham davom ettirish kerak!

Roberto Boveri:
Ajoyib! Statistikaga qarab, ayrimlar uni omadsiz transfer, degandi. O‘yiniga qarasangiz, bu futbolchining zarbasi kuchli, o‘zi tezkor ekanini ko‘rasiz. Gol uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Giampiero de Caro:
Xursand bo‘lishga biroz erta. U Osiyo mamlakatlari terma jamoalari – O‘zbekiston va Eron o‘yinida gol urdi. Rossiya chempionatida gol urolmagandi. Shunga e’tibor berish kerak.

Giacomo Sobrero:
Bizda o‘z terma jamoasida zo‘r o‘ynab, A Seriyada “yo‘qolib” qolgan futbolchilar ham ko‘p bo‘lgan.

Alessandro Di Maio
Endi Shomurodovning transferini xato, deb bo‘lmaydi. Uning goli menga umid bag‘ishlayapti!

Tommy Genoa:
Futbolchida Rossiya chempionatida o‘ynash ishtiyoqi qolmagan ekan. Bu yil Eldor chempionat miqyosida birorta gol urmadi. Lekin xalqaro maydonlarda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilmoqda. Avvaliga Yevropa Ligasida, keyin terma jamoada gol urdi.

Valerio Mita:
Shomurodov terma jamoada doim ko‘p gol urgan. Oxirgi beshta o‘yinda yettita to‘p kiritdi. Klubda bunday bo‘lmadi. Terma jamoa va klub o‘yini farq qiladi. Shomurodov Falastin, Saudiya Arabistoni, Singapur, Yaman va Eron darvozasini ishg‘ol qildi. Eldor bundan keyin ham terma jamoada sermahsul o‘yin ko‘rsatishiga ishonaman. Lekin A Seriyada bu oson bo‘lmaydi.

Matteo Lagostena:
Gazini bos “Shoma”! Biz senga ishonamiz! Pandev bizga qarilik qilyapti, uning o‘rnini egallashing kerak!




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 1
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 0
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 1
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 0
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 1
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar