O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning «Jenoa» klubiga o‘tganidan xabaringiz bor. Italiya A Seriyasida ishtirok etayotgan klub Eldorni Rossiyaning «Rostov» jamoasidan sotib olganini bugun rasman e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, italiyaliklar Eldor Shomurodov uchun «Rostov»ga 7,5 million yevro to‘lagan. Kelishuvda 1,5 million yevro miqdorida bonus ham belgilangan.
Shuningdek, hamyurtimizning «Jenoa»dagi maoshi miqdori ham ma’lum bo‘ldi. Uning yillik maoshi 1 million yevroni tashkil etadi.