“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:28
ЎЗO‘Z

"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi

12 sen, 22:11 2 659 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi Osiyo futbol Konfederatsiyasi Qatar Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Chempionlar ligasi (g‘arbiy mintaqa)da ishtirok etadigan jamoalarni Dohaga kelishlari bilan aeroportning o‘zida COVID-19 uchun test nazoratidan o‘tkazishdi. Unga ko‘ra, test javoblari chiqmagunga qadar hech kim mehmonxonadan tashqariga chiqmasligi kerak.

Bugun ana shu test natijalari shuni ko‘rsatdiki, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasidan 5 nafar futbolchi va rahbariyatidan 1 nafar xodimning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Bundan tashqari, Qatarning "Al Duhayl" jamoasi futbolchisi (1 nafar)da ham virus aniqlangan.

Yuqoridagi har ikki klubga ham kerakli tibbiy yordam va xizmat ko‘rsatilmoqda. Test natijalari ijobiy chiqqanlar esa karantinga olingan va tibbiyot xodimlari nazoratidalar. Sababi, buni musobaqa uchun qabul qilingan COVID-19 xavfsizlik choralari va protokollari talab etadi.

Eslatib o‘tamiz, "Al Hilol" OCHLning "B" guruhida "Paxtakor" bilan birga joy olgan. 14 va 17 sentabr kunlari aynan ular o‘zaro o‘yin o‘tkazishlari kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik" 28 apr, 23:09 0
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 164
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar