“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:40
ЎЗO‘Z

Hasanboy Do‘smatov: «Professional boksda ham yuqori cho‘qqilarni zabt etish niyatidaman»

10 sen, 19:12 2 163 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hasanboy Do‘smatov: «Professional boksda ham yuqori cho‘qqilarni zabt etish niyatidaman» 2016 yilgi Olimpiada chempioni, 2019 yildan AQSHda professional boksdagi faoliyatini boshlagan Hasanboy Do‘smatov karantin sababli ayni paytda Andijonda bo‘lib turibdi. Kun.uz muxbiri bokschi bilan bog‘lanib, rejalari va ayni kunlarda nimalar bilan bandligiga qiziqdi.

«Mashg‘ulotlarni Andijon shahridagi 50-maktab sport zalida o‘tkazyapman. Shuningdek, jismoniy holatimni yanada yaxshilash maqsadida fitnes zalida shug‘ullanyapman. Tajribali murabbiylar Ziyoviddin Toyganboyev va O‘tkirbek Haydarov menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, professional ringda bo‘ladigan janglarga puxta tayyorlanish bo‘yicha kerakli maslahatlarni berishmoqda», – deydi Hasanboy Do‘smatov.

Sportchi karantin sabab oilasi bag‘rida ekani, ta’tilni ikki yoshga yaqinlashayotgan o‘g‘li Muhammad Ali bilan ayniqsa maroqli o‘tkazayotganini ta’kidladi.

«Karantin talablari yumshatilib, xorijga yo‘llar ochilsa, Amerikaga jo‘nab ketaman. U yerda professional ringda o‘tadigan jangga ikki oycha tayyorgarlik ko‘raman. «Mir boksa» klubi safiga qo‘shilganman. Menga mohir murabbiylar Toni Joyl va Toni Dias ustozlik qilishadi. Ularning qo‘l ostida professional boksda ham yuqori cho‘qqilarni zabt etishga harakat qilaman», – deydi Hasanboy.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli bokschi professional ringda hozircha bitta jang o‘tkazgan. 2019 yil noyabrida Meksikada debyutini o‘tkazgan Do‘smatov mezbon bokschi Xesus Servantes Vilyanuevani 2-raundda polga qulatib, professional boksdagi faoliyatini nokaut bilan boshlagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 0
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar