“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:49
ЎЗO‘Z

YECHL. «Barselona» va «Bavariya» keyingi bosqichda. Chorakfinalning barcha ishtirokchilari ma’lum (video)

09 avg, 06:30 2 665 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
YECHL. «Barselona» va «Bavariya» keyingi bosqichda. Chorakfinalning barcha ishtirokchilari ma’lum (video) Foto: Reuters
Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinalning barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi. O‘z maydonida «Napoli»ni qabul qilgan «Barselona» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi.

Messi va jamoasining chorakfinaldagi raqibi esa Myunxenda aniqlandi. Birinchi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan «Bavariya» Angliyaning «Chelsi» klubi darvozasiga bu gal 4ta gol urdi. Shu tariqa «Barselona» va «Bavariya» keyingi bosqichda o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘ldi.

YECHL-2019/20
Nimchorak final. Javob o‘yini


Barselona – Napoli 3:1
Gollar:
Langle (10), Messi (23), Suares (45, penalti) – Insine (45+2, penalti).
Barselona: ter Stegen, Alba, Langle, Pike, Serdji Roberto, de Yong, Rakitich, Semedu, Suares, Grizmann (Monchu, 84), Messi.
Napoli: Ospina, Mariu Ruy, Di Lorenso, Kulibali, Manolas, Demme (Lobotka, 46), Zelinski (Losano, 70), Kalexon (Politano, 70), Fabian Ruis (Elmaz, 79), Insine (Milik, 79), Mertens.
Ogohlantirish: Zelinski (60).
Birinchi o‘yin: 1:1.

Bavariya – Chelsi 4:1
Gollar:
Levandovskiy (10 penalti, 84), Perishich (24), Tolisso (76) – Abraham (44).
Bavariya: Noyer, Boateng (Zyule, 64), Alaba, Kimmix (Odriosola, 71), Alkantara (Tolisso, 71), Devis, Gnabri (Martines, 81), Goretska, Perishich (Koutino, 64), Levandovski, Myuller.
Chelsi: Kabalero, Zuma, Jeyms, Kristensen, Emerson, Kante, Kovachich, Maunt, Barkli, Hadson-Odoi, Abraham (Jiru, 81).
Ogohlantirishlar: Kabalero (8), Emerson (43).
Birinchi o‘yin: 3:0

Chorakfinal juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Atalanta» – «PSJ»
«Leypsig» – «Atletiko»
«Manchester Siti» – «Lion»
«Barselona» – «Bavariya»

Chorakfinalda g‘olib bo‘lgan jamoalar yarimfinalda kim bilan o‘ynashi ham aniq. «Atalanta» – «PSJ» o‘yini g‘olibi final yo‘llanmasi uchun «Leypsig» – «Atletiko» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. «Manchester Siti» – «Lion» o‘yini g‘olibi esa yarimfinalda «Barselona» yoki «Bavariya»ga qarshi o‘ynaydi.

YECHL chorakfinalidan boshlab barcha to‘qnashuvlar bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi va o‘yinlarning hammasi Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar