“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:53
ЎЗO‘Z

Latviyalik og‘ir atletika yulduzi islomni qabul qildi — Rebeka Koxa

08 avg, 21:23 2 108 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Latviyalik og‘ir atletika yulduzi islomni qabul qildi — Rebeka Koxa Foto: «Ventas Balss»
Latviyalik og‘ir atletika yulduzi Rebeka Koxa islomni qabul qildi va sportchilik faoliyatiga nuqta qo‘ydi.
«Aziz do‘stlar! Men hayotimdagi katta qarorni qabul qildim. Bundan mamnun va minnatdorman, bu to‘g‘ri qaror deb hisoblayman. Yagona so‘raydiganim — meni tushunish. Aytarli gapingiz bo‘lmasa, sukut saqlang. Men endi musulmonman», — dedi Rebeka Koxa Latviya jamiyatiga murojaatida.

Rebeka qatarlik sportchi (disk uloqtiruvchi) Muhammad Ibrohim Moazga turmushga chiqyapti.
Bir necha kun avval Rebekaning murabbiyi Eduard Andrushkevich uning islomni qabul qilishi mashg‘ulotlariga xalaqit bermasligi lozimligini ta’kidlagandi. 5 avgust kuni esa Latviya olimpiya terma jamoasi rahbari Eynar Fogelis Koxa sportchilik faoliyatini tugatishga qaror qilganini ma’lum qildi:

«Rebeka videokonferensiya orqali muloqotda sportchilik faoliyatini tugatayotganini ma’lum qildi. Biz uning tanloviga hurmat bilan yondashamiz va barcha qilingan ishlar uchun minnatadorlik bildiramiz. 1 sentabrga qadar undan Latviya olimpiya terma jamoasini tark etishi haqida ariza olishga va uni moliyalashtirishni to‘xtatishga kelishib oldik».

Rebeka Koxa Moskvada o‘tadigan kuzgi Yevropa chempionatida qatnashishi kutilayotgandi, qolaversa, 2021 yilgi Tokio olimpiadasida 59 kilogrammgacha bo‘lganlar o‘rtasida oltin medalga asosiy da’vogarlardan edi.
Rebeka Koxa — kattalar o‘rtasida ikki karra Yevropa chempioni. U hozir 22 yoshda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 65
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 48
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 228
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar