“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:15
ЎЗO‘Z

“Rostov” va “Loko” legionerlardan voz kechishga majbur. Shomurodov va Jaloliddinov nima qiladi?

05 avg, 08:51 2 810 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Rostov” va “Loko” legionerlardan voz kechishga majbur. Shomurodov va Jaloliddinov nima qiladi? Rossiya premer-ligasi klublari yaqinlashayotga mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni xarid qilishga kirishib ketdi. Taklif etilayotgan futbolchilar orasida legionerlar ham bor. Bunga o‘zbekistonlik Jasur Jaloliddinovning Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga olinganini misol qilish mumkin.

Masalaning ikkinchi tomoni bor. Yangi qoidalarga ko‘ra, Rossiya chempionatida legionerlarga limit kiritildi. Unga ko‘ra, rus klublari ro‘yxatida sakkiztadan ortiq legioner bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ilgari bunday taqiq yo‘q edi.

Shu bois Rossiya premer-ligasining aksariyat jamoalari legionerlar limitiga ko‘ra, qaysi xorijlik futbolchilarni jamoada olib qolish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Bu masalalar bir necha kundan so‘ng start oladigan yangi mavsum boshlangunicha hal etilishi lozim.

Albatta, legionerlar limiti Rossiya chempionatida to‘p surayotgan o‘zbek futbolchilari - Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va ular safiga qo‘shilgan Jasur Jaloliddinovga ham tegishli. Xususan, “Rostov”da xorijdan kelgan 11 o‘yinchi – Xadjikadunich, Xasimoto, Saletros, Ezzatollaxi, Normann, Yeremenko, Popov, Shomurodov, Sigurdarson, Kyartansson, Tasevski bor.

Agar rostovliklar o‘z yetakchilari Shomurodov va Normanni yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoalarga sotmasa, ular "Rostov"ning asosiy futbolchilari bo‘lib qolveradi. Yeremenko va Popov kabi chet elliklar ham shunday imkoniyatga ega. Chunki bu to‘rt legioner asosiy tarkibning eng muqim o‘yinchilari hisoblanadi. Yangi olingan Xasimoto va Tasevskida ham kamida bir mavsum o‘zini ko‘rsatish imkoni bo‘ladi. “Rostov” legioner limitiga “sig‘ish” uchun Saletros, Ezzatollaxi va Kyartansson ijaraga berib yuborishi kutilmoqda.

Chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Lokomotiv” Ribus va Eder bilan shartnoma uzaytirib, "Bunyodkor"dan Jasur Jaloliddinovni sotib olmagunicha moskvaliklarda limit masalasi dolzarb emasdi. Hozir bu klubda chetdan imkon izlab kelgan o‘n futbolchi - Kverkveliya, Murilo, Chorluka, Ribus, Idovu, Krixovyak, Jaloliddinov, Farfan, Jorjevich, Eder bor.

Mutaxassislar “Loko” o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Jorjevichni bir yillik ijaraga berib yuborishini kutmoqda. Shuningdek, Farfan ham shartnomasi tugagunicha yarim yilga biror jamoaga jo‘natilishi mumkin. Hozircha, rossiyalik ekspertlar Jasur Jaloliddinovga asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida qaramoqda. Biroq, moskvaliklar uni yarim yilga “Bunyodkor”ga yoki boshqa jamoaga ijaraga berish ehtimoli ham yo‘q emas.

Rossiya premer-ligasida “Rostov” va “ Lokomotiv”dan tashqari “Zenit”, “Krasnodar”, “Dinamo”, “Rubin” va “Axmat” kabi klublarda legioner limiti masalasi kun tartibida turibdi.

Oston O‘runovning jamoasi “Ufa”da bu borada muammo yo‘q. Biroq, Oston yaqin o‘rtada jamoasini almashtirishi kutilmoqda. Uning taqdirini “Spartak” bilan bog‘lashmoqda. So‘ggi paytda esa Bundesligadan yaxshi taklif borligi ham ayon bo‘ldi. Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 102
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 149
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 242
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 486
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar