“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 22:05
ЎЗO‘Z

Bosh murabbiylar chempionatning markazlashgan holda davom ettirilishiga qanday qaramoqda?

05 avg, 06:30 1 749 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh murabbiylar chempionatning markazlashgan holda davom ettirilishiga qanday qaramoqda? Xabaringiz bor, kecha Coca Cola Superligasi uchrashuvlari markazlashgan holda o‘tkazilishi haqida rasman e’lon qilindi. Superliga klublari bosh murabbiylari esa bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Hamidjon Aktamov, “Qizilqum” klubi bosh menejeri:
Hozirgi sharoitda Superliga uchrashuvlarini markazlashgan holda o‘tkazish – O‘FA va PFL qabul qilgan to‘g‘ri qaror, deb o‘ylayman. Buyog‘iga musobaqani to‘xtatmaslik kerak. Baribir, muxlislar uchrashuvlarni televizor orqali ko‘radi. Shu bois, o‘yinlarni markazlashgan holda o‘tkazish to‘g‘ri bo‘ladi.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi:
Jamoalar hozirgi holatni hisobga olgan holda shunday qarorga kelishdi. Bu esa barchaga ma’qul bo‘ldi.

Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” klubi bosh murabbiyi:
Superliganing markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazilishi hozirgi vaziyatda qabul qilingan eng to‘g‘ri qaror, deb hisoblayman. Chempionat o‘yinlarining davom ettirilishi, ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun, ham Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar jamoamiz uchun juda muhim edi. Shu sababli to‘g‘ri qaror qabul qilindi, deya olaman.

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov:
- Hozirgi sharoitda yuzaga kelgan fors-major holati o‘yinlarni markazlashtirilgan holatda o‘tkazishni taqozo qiladi. Bu aynan qaysidir jamoaga ustunlik taqdim etmaydi. Aksincha, hamma bir xil sharoitda. Markazlashtirilgan formatdagi o‘yinlarda barcha jamoalar neytral maqomida. Aslida o‘yinlarni avvalroq markazlashtirilgan holatda o‘tkazish kerak edi. Shunda taqvimda ham ortiqcha qiyinchiliklar paydo bo‘lmasdi. Terma jamoamiz va Osiyo chempionatiga taraddud ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar jamoasiga manfaati uchun ham yaxshi taraflama xizmat qilardi. Hechdan ko‘ra kech. Ayni damdagi vaziyatdan kelib chiqilsa, markazlashtirilgan variant har taraflama eng ma’qul yechim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 0
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 8
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 191
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 59
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 434
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 198
  • So'nggi yangiliklar
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 0
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 8
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 39
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 44
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 131
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 29
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 341
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 322
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 191
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 126
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 54
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 98
  • Bo‘limlar