“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:17
ЎЗO‘Z

«Bunyodkor» yarimhimoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskva klubiga o‘tdi

29 iyul, 21:50 3 048 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bunyodkor» yarimhimoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskva klubiga o‘tdi Moskvaning «Lokomotiv» klubi 18 yoshli yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinov bilan 5 yillik shartnomani imzoladi. Futbolchi yangi jamoasi tarkibida 23-raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi.

«Albatta «Lokomotiv» haqida ko‘p ma’lumotga egaman. Klubga o‘tmasimdan oldin uning tarixini o‘rgandim, chempion bo‘lgani haqidagi filmni tomosha qildim, jamoadagi futbolchilar haqida ham bilaman.

Aleksey Miranchuk bilan tanishib olmoqchiman, biz bir xil uslubda o‘ynaymiz va o‘zim ham chapaqayman. Biroz hayajondaman, ammo bu yaxshi, chunki mas’uliyatni his qilyapman. O‘yin boshlanganda esa hayajon ortda qoladi
», - deb futbolchi so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Jasur Jaloliddinov 2002 yilda tug‘ilgan, «Bunyodkor» akademiyasining tarbiyalanuvchisi. Asosiy jamoa tarkibida 16 yoshu 80 kunlikda debyut qilib, O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi eng yosh debyutant bo‘lgan. «Bunyodkor» tarkibida 32ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Markaziy va hujumkor yarimhimoyachi, chap va o‘ng qanot hujumchisi, shuningdek markaziy hujumchi nuqtalarida o‘ynagan. 2020 yil 23 fevral kuni O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida Belarusga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.

2019 yilda The Guardian nashri Jaloliddinovni «Dunyo futbolining 60 nafar yosh iqtidorlari» ro‘yxatiga kiritgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar