“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:50
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodov: Yanada o‘sishim uchun sabablar borligini ko‘ryapman

27 iyul, 23:07 3 319 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodov: Yanada o‘sishim uchun sabablar borligini ko‘ryapman Yakuniga yetgan mavsumda “Rostov” safida to‘p surgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. U chempionat davomida raqiblar darvozasiga 11 ta gol urdi. Ayniqsa, mavsumni ajoyib holatda boshlab sermahsulligini ko‘rsatdi.

To‘g‘ri, keyinchalik Eldor gol urish borasida qiyinchiliklarga duch keldi. Ammo umumiy holatda aytganda, hujumchimiz ancha o‘sishga erishdi. Yaqinda “Rostov” klubining instagramdagi sahifasida Shomurodovning chempionatdagi ishtiroki haqida bildirgan fikrlari paydo bo‘ldi.

- Mavsumning birinchi qismi men uchun Rossiya premer-ligasidagi eng zo‘r davr bo‘ldi. Afsuski, chempionat oxiriga borib hammasi o‘zim xohlagandek sodir bo‘lmadi. Yanada o‘sishim uchun sabablar borligini ko‘ryapman. Albatta, ishqibozlarning bir necha bor meni oyning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topishgani yoqimli bo‘ldi. Ulardan menga bildirgan ishonchi uchun minnatdorman. “Rostov”da o‘ziga xos muhit bor. Men esa ushbu muhitga ko‘nikib bo‘lganman va sariq-ko‘k oilani qadrlayman. Mahalliy muxlislarni quvontirish hamda klubning yuqori o‘rinlarni egallashi uchun qo‘limdan kelganicha yordam berishga tayyorman, - dedi Shomurodov.
Eldor Shomurodov, Rostov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar