“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:49
ЎЗO‘Z

Jasur Jaloliddinov transferi 1 mln yevroga baholandi. Bu miqdorning bor-yo‘g‘i 10 foizi «Bunyodkor»ga tegadi

20 iyul, 07:00 3 225 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jasur Jaloliddinov transferi 1 mln yevroga baholandi. Bu miqdorning bor-yo‘g‘i 10 foizi «Bunyodkor»ga tegadi Foto: «Bunyodkor»
«Bunyodkor» yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning «Lokomotiv» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

«Chempionat» nashrining xabar qilishicha, «Lokomotiv» Jaloliddinov uchun 1 million yevro sarflaydi. Uning 100 ming yevrosi futbolchining «Bunyodkor» bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishga sarflanadi, qolgan 900 ming yevro esa Jasurning agentlariga nasib etadi. Shuningdek, 18 yoshli futbolchi 2020 yil oxirigacha ijara asosida toshkentliklar safida qoladi.

Shu tariqa «Bunyodkor» avval xabar berilganidek transferdan 350 ming yevro ishlab ololmaydigan bo‘ldi.
Jaloliddinov joriy mavsum O‘zbekiston chempionatida 8 o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Jasur Jaloliddinov — 2002 yil 15 mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018 yil 2 avgust sanasida «Bunyodkor» safida Superliga doirasida debyut o‘yinini «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019 yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan. 2019 yil yakunlariga ko‘ra, Superliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 2019 yil dekabrida Italiyaning «Benevento» klubi ko‘rigida bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar