“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:16
ЎЗO‘Z

Andrey Fyodorov: "Bugun mag‘lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik"

14 iyul, 22:35 1 890 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Fyodorov: "Bugun mag‘lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik" Coca Cola Superligasining 9-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Mash’al" (0:1) o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun juda yomon o‘ynadik Bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmayman, ammo oxirgi 2 o‘yinda o‘yinimiz umuman o‘xshamadi. O‘yinlarni tahlil qilib, ko‘rib chiqamiz. Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, biroq foydalana olmadik.

"Mash’al" yaxshi o‘ynadi va ijobiy natijaga erishib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Hech qachon hakamlar ustidan shikoyat qilmaganman, bugun ham unday qilmoqchi emasman.
Bir necha o‘yindan beri ko‘p sariq kartochkalar olyapmiz. Har bir o‘yinga kamida 4 ta ogohlantirish to‘g‘ri kelyapti.

Bugungi o‘yinga kelsak, 30-daqiqada raqib qo‘polligi uchun ikkinchi sariqni olishi va maydondan chetlatilishi zarur edi. Chunki vaziyat kamiga sariq kartochkaga tortardi, lekin unday qilinmadi. Men bu bo‘yicha hakamga murojaat qilsam, ular vaziyatni komissiya yordamida ko‘rib chiqib, bir qarorga kelishlarini aytishdi", - deydi Fyodorov.

- Marat Bikmayev nima uchun maydonga tushirilmadi?
- Afsuski, mashg‘ulotlardan birida uning eski jarohati bezovta qilib qoldi va o‘yinda qatnasholmasdi. U zaxirada bor edi, biroq uning sog‘ligi bilan tavakkal qilishni istamadik.

- "Lokomotiv" bu mavsum 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, shulardan 3 tasi "Buxoro", "Qizilqum", "Andijon", ya’ni hali g‘alaba qozonmagan jamoalar edi.
- Biz kuchsiz jamoalarga qarshi o‘ynadik deyolmayman, oldin ham aytganimdek, uydami-safardami hech bir jamoa sizga ochkolarni shunchaki berib qo‘ymaydi, bu uchun kurashish kerak. Bugun mag‘lubiyatga emas, kamida durangga loyiq edik.

- Iste’fo haqida o‘ylamayapsizmi?
- Yo‘q, siz-chi? Lekin men o‘ylaganim yo‘q.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 281
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 153
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 375
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar