“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 04:48
ЎЗO‘Z

"Bunyodkor" yangi futbolchilarni rasman tanishtirdi (Foto)

11 fev, 17:43 7 557 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Bunyodkor" yangi futbolchilarni rasman tanishtirdi (Foto) “Bunyodkor” FK yangi mavsum oldidan OAV vakillari bilan uchrashuv tashkil etdi.

Unda klub Birinchi vise-prezidenti – Bosh direktori Baxtiyor Boboyev va jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etishdi. Shuningdek, “Bunyodkor”ning yangi mavsum oldidan o‘z tarkibiga qo‘shib olgan futbolchilari – Artyom Filiposyan, Obid Jo‘raboyev, Shaker Zuagi, Mirzohid G‘ofurov, Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov ham qatnashishdi.

Baxtiyor BOBOEV (“Bunyodkor” FK Birinchi vise-prezidenti – Bosh direktori): - Avvalo, barchangizni boshlanayotgan yangi mavsum bilan muborakbod etaman. O‘tgan yil jamoamiz uchun omadsiz o‘tdi. “Bunyodkor” o‘ziga yarashmaydigan o‘rinni band etdi. Bu yil klubimiz tashkil etilganiga 10 yil to‘ladi. Yubileyimizga katta reja ishlab chiqilgan. “Bunyodkor” bu yil ham xuddi avvalgi yillardagi kabi o‘z oldiga yuksak marralarni zabt etish vazifasini qo‘yadi. Tarkibimizga Shaker Zuagi va boshqa bir necha mahalliy, kelajagi porloq o‘yinchilarni taklif etdik. O‘ylaymanki, bu yil yaxshi natijalar qayd etamiz. Jurnalistlarga doimo eshigimiz ochiq. Bizni maqtab yozishlarinigina emas, balki o‘rinli tanqid qilishlarini ham istaymiz. Ana shunda qo‘zimiz ilg‘amayotgan kamchiliklarimizni bilib olardik. “Bunyodkor” 2015 yilgi mavsum davomida muxlislar kutayotgan darajada o‘yin ko‘rsatishiga ishonaman.

Sergey LUShAN (“Bunyodkor” FK bosh murabbiyi): - Ikkita xorjiy yig‘in o‘tkazdik. BAA va Turkiyada shug‘ullandik. Juda ko‘p o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdik va jamoani shakllantirishga urindik. O‘tgan yili jamoani qabul qilib olganimda faqat natija uchun ham o‘ynashimiz mumkin edi. Lekin biz tarkibni yoshartirib, kelajak haqida o‘yladik. Aslida bu qaror klub raxbariyati tomonidan ma’qullangan g‘oya edi. Yoshlar, o‘smirlar terma jamoalarini olib qarang. Barcha etakchilar bizning tarbiyalanuvchilarimiz. Jamoamizning bugungi kundagi o‘rtacha yoshi 23ni tashkil etadi. Men jamoamiz kelajagiga ishonaman.

Shundan so‘ng jamoaning yangi a’zolari ular to‘p tepadigan raqamlar aks ettirilgan futbolkalar tantanali ravishda topshirildi. Unga ko‘ra, Artyom Filiposyan 16, Obid Jo‘raboyev 15, Shaker Zuagi 7, Mirzoxid G‘ofurov 11, Otabek Shukurov 29, Eldor Shomurodov 39-raqamlarda o‘ynashi oydinlashdi.

Tadbir yakunida “Bunyodkor” futbolchilari yangi mavsum oldidan fotosessiyada suratga tushishdi.

Manba: www.stadion.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 130
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 109
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar