“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

"Bunyodkor" sobiq murabbiyi "Dinamo" ustoziga aylandi

11 iyul, 21:45 1 963 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Bunyodkor" sobiq murabbiyi "Dinamo" ustoziga aylandi Bugun, 11 iyul kuni «Dinamo» jamoasi qarorgohida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev, klub rahbariyati va jamoa futbolchilari ishtirok etishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Shuhrat Ro‘ziyev «Dinamo» jamoasining bu yilgi maqsad va vazifalari haqida atroflicha so‘z yuritib, joriy mavsumda viloyat rahbariyati va homiylar tomonidan klub oldiga eng avvalo Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilganligi, shu maqsadda o‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli mutaxassis Sergey Lushchan «Dinamo» klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganligini e’lon qilib, Sergey Ivanovichni jamoaga tanishtirdi. Unga yordamchi murabbiy sifatida Muhitdin Ortiqov yordam beradi.

Shundan so‘ng, Sergey Lushchan so‘zga chiqib, bildirilgan ishonchga munosib bo‘lish hamda yangi jamoaning rivoji uchun bor kuch va tajribasini ishga solishini aytib o‘tdi.

«Dinamo» PFK bosh direktori Uchqun Qobilov ham so‘zga chiqarkan, viloyat rahbariyati va klub homiylari hamda samarqandlik minglab muxlislar ishonchini oqlash uchun yangi bosh murabbiy bilan birga jamoa ravnaqi va Superligaga chiqishi uchun bor kuch va imkoniyatlar ishga solinishini ta’kidladi.

Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov va klub homiylari tomonidan Sergey Lushchan oldiga «Dinamo» klubini Superligaga olib chiqish, samarqandlik yosh futbolchilarni kashf etib, katta futbolga qadam qo‘yishga ko‘maklashish kabi maqsad va vazifalar qo‘yilganligi ma’lum qilindi.

Samarqandning "Dinamo" klubi 12 kun ishlagan murabbiyni iste’foga chiqardi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
photo_2020-07-11_16-32-38

Ma’lumotnoma:
Sergey Ivanovich Lushchan
1973 yil, 9 aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyatida to‘p surgan klublari:
«Ma’danchi» (Bekobod) (1992-93), «Okean» (Rossiya), «Krilya Sovetov» (Rossiya), «Rostselmash» (Rossiya), «Uralan» (Rossiya), «Metallurg» (Rossiya), «Yunit» (Rossiya), «Bunyodkor» (Toshkent) (2007-2008).

1998-2003 yillar O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi sanalgan.

Murabbiylik faoliyati:
«Bunyodkor» (yoshlar) – 2011-2013 yillar.
O‘zbekiston yoshlar jamoasi U-19 – 2014.
«Bunyodkor» – 2014-2017 yillar.
«So‘g‘diyona» – 2018-2019 yillar.
2020 yilning 11 iyul kunidan «Dinamo» bosh murabbiyi.

Murabbiy sifatida yutuqlari:
«Bunyodkor» klubi bilan O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi (2016), kubok finalchisi (2017), Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar