“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:56
ЎЗO‘Z

Markazlashgan chempionat. Bu qanday bo‘ladi?

10 iyul, 20:36 2 170 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markazlashgan chempionat. Bu qanday bo‘ladi? PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev o‘z telegram kanalida post qoldirdi.
Unda yozilishicha, Superliganing 10, 11 va 12-turlari markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi mumkin. Va bu borada PFL o‘z rejasini ishlab chiqishni boshlagani aytilgan.

Xabaringiz bor, bugun 10 iyuldan yana karantin choralari kuchaytirilib, 1 avgustga qadar shunday qolishi maxsus komissiya tomonidan belgilab berildi. 13 iyuldan boshlab poyezdlar va samolyot reyslari ham vaqtincha to‘xtatiladi. Bu esa o‘z navbatida klublarga o‘yinga borib kelish bo‘yicha qiyinchilik tug‘diradi.

Nailoj hozirgi vaziyat shuni taqozo qilayotgani bor gap. Shu bois har qanday holatda avvalo futbol o‘yinlarini davom ettirib turgan ma’qul. Chunki jamoalar endi formaga kirib olay deganda to‘xtatib qo‘yish yana oldingi holatga qaytaradi.

Lekin shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: agar chempionat markazlashgan tartibda o‘tsa, u qanday bo‘ladi?
Keling dastlab Superliganing 10, 11, 12-turdagi o‘yinlar taqvimini keltirib o‘tsak. Demak, 10-tur 19, 20, 21 iyulga, 11-tur 26, 27, 28 iyulga va 12-tur 3-4 avgustga belgilangan. Endi fikrimizni 10-tur misolida davom ettiramiz.

10-tur uchrashuvlari
19 iyul. "Surxon" - "Navbahor"
19 iyul. "Nasaf" - "So‘g‘diyona"

20 iyul. AGMK - "Lokomotiv"
20 iyul. "Bunyodkor" - "Metallurg"
20 iyul. "Mash’al" - "Andijon"

21 iyul. "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor"
21 iyul. "Qizilqum" - "Buxoro"

Agar 10-turni markazlashgan holda Toshkent va Toshkent viloyatida o‘tkazish ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, unda dastlab tayyor stadionlarni hisoblab chiqamiz.

Toshkent viloyatidagi stadionlar: Olmaliq, Bekobod.
Toshkent shahridagi stadionlar: "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor".

Ya’ni bular tur uchrashuvlarini qabul qilishga har tomonlama (tablo, kiyim almashtirish xonalari, projektor, Coca Cola reklama jihozlari bo‘yicha) tayyor stadionlar. Superligada har tur 7ta o‘yin bo‘ladi. Tayyor stadionlar esa 5ta.

10-tur taqvimidan kelib chiqsak, AGMK va "Bunyodkor" stadioni band bo‘ladi, chunki bu ikki jamoa o‘z maydonida o‘ynaydi. Qolyapti 3ta stadion: "Paxtakor", "Lokomotiv" va Bekoboddagi o‘yingoh.

Bu uch stadionda qolgan 5ta o‘yinni o‘tkazish mumkinmi? Mumkin, albatta. Faqat bu borada klublar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Ya’ni masalan Bekobod birmuncha uzoq bo‘lgani uchun bitta o‘yinni o‘zida qabul qiladi, "Paxtakor" va "Lokomotiv" stadionida ikkitadan o‘yin bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa TTYMI bilan "Jar"ni qo‘shsak, unda "Paxtakor" va "Lokomotiv" o‘yingohlarida 2tadan o‘yin o‘tkazishga hojat qolmaydi.

Masalan, "Paxtakor" "Qo‘qon-1912" bilan o‘z maydonida mezbon (!) sifatida o‘ynashi mumkin, shunda ikkinchi davrani Qo‘qonda o‘tkazadi. Buyog‘iga qolyapti yana to‘rtta o‘yin: "Surxon" - "Navbahor" (19 iyul), "Nasaf" - "So‘g‘diyona" (19 iyul), "Mash’al" - "Andijon" (20 iyul) va "Qizilqum" - "Buxoro" (21 iyul).

19 iyul kuni ikkita o‘yin bor. Demak, bu o‘yinlarning bittasini Bekobodda o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. PFL qaysi jamoalarni Bekobodga yuborishni hal qilishi mumkin. Shunda bitta uchrashuv Toshkentda bo‘ladi.

"Paxtakor" 21 iyul kuni "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘z maydonida bahs olib boradi deb hisoblasak, 19 va 20 iyul kunlari stadionga tegmaslik kerak. Bu o‘rinda qolyapti "Lokomotiv" stadioni. 20 iyul kungi "Mash’al" - "Andijon" bahsi TTZda o‘tkazilishi mumkin, chunki shu kuni "Loko" Olmaliqda o‘ynayotgan bo‘ladi.

"Qizilqum" - "Buxoro" o‘rtasidagi turning oxirgi uchrashuvini "Jar" yoki TTYMIda o‘tkazsa bo‘ladi. Shu bilan tur o‘yinlari tugaydi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham jamoalar neytral maydonda o‘ynagani bilan mezbon va mehmon maqomi saqlab qolinishi shart. Bu o‘rinda faqat stadion neytral bo‘ladi, lekin taqvimdan kelib chiqib kim mehmon, kim mezbon ekanligi o‘zgarmaydi. Faqat o‘z maydonida o‘ynaydigan jamoalar bundan mustasno. Fikrimizcha, bu hammaga ma’qul keladi.

Karantindan keyin nasib qilsa yana eski usulga qaytamiz. Lekin hozirgi sharoitda boshqa chora ko‘rinmayapti. Oldimizda esa ikkita yo‘l qolgan: 1. Chempionatni qay yo‘sinda bo‘lmasin davom ettirish, 2. Vaziyat o‘nglanmaguncha futbol o‘yinlarini yana to‘xtatib qo‘yish.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 249
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 384
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 246
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar