“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 06:14
ЎЗO‘Z

O‘zbek futbolchisi “Spartak Moskva”ga o‘tadimi?

10 iyul, 13:38 2 678 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek futbolchisi “Spartak Moskva”ga o‘tadimi? Rossiya futbolida qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. “Ufa”ni kuchli klubga aylantira olgan bosh direktor Shamil Gazizov xuddi shu lavozimdagi faoliyatini Moskvaning “Spartak” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Ekspertlar Shamil Gazizovni ishni to‘g‘ri tashkil qilish, iste’dodli futbolchilarni tanlash, zarur mutaxassislar bilan til topishishga ustaligini alohida ta’kidlamoqda. Shuningdek, ko‘pchilik Shamil Gazizovdan “Ufa”ga taklif qilgan futbolchilaridan eng zo‘rlarini “Spartak” jamoasiga olib o‘tishini ham kutmoqda.

Birinchi navbatda, yangi bosh direktor “Spartak” boshqaruvini “Ufa”ni raqobatbardosh jamoaga aylantira olgan Vadim Yevseyevga topshirishi mumkin. Qolaversa, “Spartak” duch kelayotgan asosiy muammo – o‘yinni tashkil qilishga qodir futbolchilar masalasini ham “Ufa”da sinovdan o‘tgan charm to‘p ustalari evaziga hal etilishi mumkin.

Demak, ekspertlar Shamil Gazizov birinchi navbatda asosiy e’tiborini uch futbolchiga qaratishini taxmin va tahlil qilmoqda.

“Spartak” markaziy himoyani kuchaytirishi kerak. Bu joyga eng munosib nomzod gruziyalik Jamol Tabidze. 23 yoshli futbolchi joriy chempionatda to‘pni raqibdan olib qo‘yish bo‘yicha peshqadam. U har bir uchrashuvda o‘rtacha uch marotaba raqibni to‘psiz qoldirmoqda. Unda himoyachiga xos barcha xususiyatlar yaxshi shakllangan. Bundan tashqari, turli masofalarga aniq pas berishda ham “Ufa”ning yetakchi futbolchilari qatorida turadi. “Spartak”ning himoyadan va pressingdan chiqishda uzun paslardan foydalanishini inobatga olsak, bu futbolchi o‘z o‘yin usuli bilan moskvaliklarni yanada kuchaytirishi mumkin.

“Ufa”ning ikki o‘yinchisi – Daniil Fomin va Oston O‘runov “Spartak”ning maydon markazidagi ustunligini ta’minlashga qodir.
“Spartak” ba’zan juda sodda o‘ynayapti. Pozitsion hujum tashkil qilishda kamchiliklar bor. “Ufa” vakillari esa bu ishning ustasi.

23 yoshli Fomin markaziy yarim himoyachi sifatida to‘p surishiga qaramay, tez-tez hujumga qo‘shiladi va jamoasining to‘purariga aylanib qolgan. Uning kuchli zarbasi turli masofalardan darvozaga aniq yetib bormoqda. Bundan tashqari, Fomin uzoq masofaga aniq to‘p oshira oladi. Bu “Spartak” hujumchilari Sobolev va Ponse uchun ayni muddao bo‘lardi. Yarim himoyachining yana bir ustunligi doimo himoyaga qaytib o‘ynashida. U mehnatdan qochmaydi.

19 yoshli o‘zbek legioneri Oston O‘runov jamoasining eng yaxshi dribling ustasi. Undan to‘pni olib qo‘yish juda qiyin. Yaqinda aynan “Spartak” jamoasiga qarshi o‘yinda hech kim Ostonga teng kela olmadi. O‘runov texnikasi kuchli futbolchi sifatida fol ishlash bo‘yicha ham “Ufa”da yetakchi hisoblanadi. Raqiblar bir o‘yin davomida unga nisbatan o‘rtacha ikki marta qoida buzadi. Shuningdek, o‘zbek futbolchisi zarbaga moslab to‘p uzatishda peshqadam.

O‘runovning shuncha fazilatini kutilmagan nostandart paslari va yuqori texnikasi ham bezamoqda.

Albatta, “Spartak” bu futbolchilarning barini birdan transfer qila olmaydi. Lekin ular kimnidir tanlashi mumkin. Buni esa vaqt ko‘rsatadi.

Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 226
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar