“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:36
ЎЗO‘Z

Yaxshiboyev: “Shaxtyor”ga Yevropa chempionlar ligasida o‘ynagani keldim

10 iyul, 09:57 3 024 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaxshiboyev: “Shaxtyor”ga Yevropa chempionlar ligasida o‘ynagani keldim Belarus chempionati peshqadami “Shaxtyor” klubi o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboyevning jamoa safiga qo‘shilganini rasman e’lon qildi.
Jasurning transfer huquqi hamon “Paxtkor” jamoasiga tegishli. Yil boshida Yaxshiboyevni “Energetik-BGU” ijaraga olgan edi. Poytaxtliklar safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan hamyurtimiz to‘qqizta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha chempionat yetakchisi hisoblanadi.

Yaxshiboyevning Soligorsk jamoasidagi ijarasi mavsum oxirigacha davom etadi.
O‘zbek to‘purari yangi jamoasida 22-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. O‘z navbatida, Jasur Yaxshiboyev dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Soligorsk shahriga, “Shaxtyor”ga kelganimdan xuransandman. Turli variantlar va gap-so‘zlar bor edi. Xususan BATE va “Dinamo” jamoalari haqida ham ma’lumotlar tarqalgandi. O‘zimga “Shaxtyor” ma’qul keldi. Oilam bilan ham maslahatlashdim. Hammamizga shu variant yoqdi.

Endi Soligorskda yashab, shahar bilan yaqindan tanishamiz. Har bir futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi kabi yuqori nufuzli musobaqalarda o‘ynashni istaydi. “Shaxtyor” shu musobaqalarga chiqishga da’vogar ekanini bilardim.

Hozir hamma to‘purar bahsidagi raqobatchim Vitaliy Lisakovich bilan birga qanday o‘ynashim haqida qiziqyapti. To‘g‘risi, hozir bilmayman. Eng muhimi, jamoa g‘alaba qozonishi kerak. Har ikkimizda ham gol urish uchun imkon bo‘ladi. Eng avvalo, jamoaning umumiy manfaati haqida o‘ylash lozim. Shaxsiy ko‘rsatkichlar keyingi masala.

Men “Shaxtyor”ga yordam berishim, o‘zimni ko‘rsatishim kerak. Chempionlikni qo‘lga kiritishni istayman. Asosiysi, mana shu
", - dedi Jasur Yaxshiboyev.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Jasur Yaxshiboyev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. U mamlakatimiz bosh jamoasi safida ikkita uchrashuv o‘tkazgan.

Jasur “Shaxtyor” tarkibidagi ilk uchrashuvini 11 iyul kuni “Gorodeya” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Soligorsk jamoasi 30 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 76
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 679
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar