“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov oldida faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirish varianti paydo bo‘ldi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatmoqda.
Ushbu mamlakat chempionatining vitse-chempioni “Gent” jamoasi 8 iyul kuni o‘zbek hujumchisini olish maqsadida “Rostov”ga rasmiy so‘rov yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portalida hamyurtimizning transfer summasi 5,2 million yevroga baholanmoqda.