“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:31
ЎЗO‘Z

Vadim Abramov "Navbahor" bilan o‘yin, uy jamoasi va "lochinlar" safida MTJga nomzod futbolchi haqida gapirdi

07 iyul, 23:15 3 045 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vadim Abramov "Navbahor" bilan o‘yin, uy jamoasi va "lochinlar" safida MTJga nomzod futbolchi haqida gapirdi "Bunyodkor" - "Navbahor" o‘yinidan so‘ng (3:1) mezbonlar ustozi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yinda ikki hil taym ko‘rdik. Birinchi va ikkinchi taym umuman boshqacha bo‘ldi. Birinchi bo‘limda uchinchi golni ham kiritishimiz mumkin edi. Afsuski, imkoniyatdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa raqib tashabbusni qo‘liga oldi. "Navbahor" safida tajribali yigitlar yetarlicha.

Mana shunday vaziyatda ham o‘zlarida kuch topib, uchinchi golni kirita olgan yigitlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Raqibga qarshi o‘tgan yilgi o‘yinimiz ham deyarli shunday ssenariy asosida kechgandi", - deya so‘z boshladi Abramov.
Shundan so‘ng OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

- Sardor Abduraimov va Bahodir Pardayev mavsum avvalida OCHLda o‘ynashgandi. Keyin esa zaxiraga o‘tirib qolishdi. Ular qanday maqsadda jamoa tarkibiga qo‘shib olingandi?
- Chempionat davomida hali zaxira kerak bo‘ladi. Biz rotatsiya qilishimiz kerak. Siz sanab o‘tgan yigitlar tajribali. Ular ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, o‘yinimizni o‘zgartirishdi. Bizda barcha futbolchilar maydonga tushishadi va o‘yinni kuchaytira olishadi.

- "Navbahor"ni yaxshi o‘rganganmidingiz?
- Biz barcha raqiblarni o‘rganamiz, ularni hurmat qilamiz. Jamoaning o‘yin uslubi bizga tanish edi. Ular birinchi bo‘limda qanday o‘ynashini sezgandik. Raqibda tajribali murabbiy bor. O‘yin raqibga qarab davom etadi. Ular birinchi bo‘limda bizga imkon berishdi, ikkinchi taymda esa o‘zlariga kelib olishdi. Umuman aytadigan bo‘lsam, bugun omadimiz keldi.

- "Bunyodkor" uy jamoasiga aylanib qolmoqda. Safarda jamoaga nima yetishmayapti?
- To‘g‘ri. Agar javobini bilganimda... Balki javobni siz bilarsiz? Bu ruxiyat bilan bog‘liq. Sen ehtiyotkor bo‘lishni boshlasang, xato qilishni boshlaysan. Ular pressing qila boshlashdi, bungacha o‘yinni nazorat qilgan yigitlar esa xatolar qilishdi. Barchasi tezda o‘zgarib ketdi.

- Ikkinchi gol haqida qanday fikrdasiz?
- Ushbu vaziyatda xech qanday o‘yin qoidasi buzilishi bo‘lmagandi. Raqiblar e’tiroz bildira boshlashganida hayron qoldim. Balki TV orqali bu yaxshi ko‘ringandir. "Navbahor" biroz qo‘pol o‘ynadi, futbolchimiz ham jarohat oldi. Uning burni sindi. Ikkinchi o‘yinda ham jarohat olmoqda. Bu achinarli.

- Kelasi turda "Buxoro" bilan o‘ynaydi. Muborakdagi maydon holatidan kelib chiqsak, jamoa bunga tayyormi?
- Ha, biz "Mash’al" stadionida o‘ynaymiz. U yerdagi holatni bilamiz. "Mash’al" doimo maydon chimini kesmasdi. Bu savolni PFLga berish kerak. Bunday narsalarni nazorat qiladigan shaxslar bor. Futbol tomoshabinlar uchun. Futbol shunday o‘yin - maydonga tushib o‘ynash kerak.

- "Navbahor"da O‘zbekiston milliy terma jamoasiga mos futbolchilar bormi?
- Albatta bor. Ularni klubdagi o‘yinidan kelib chiqqan holda jamoaga taklif qilamiz. Termizliklar safida ham yaxshi yigitlar bor. Hozir ularning ism-familiyasini aytib o‘tirmoqchi emasman. Ularni kuzatib boryapman. Vaqti kelganida barchasini bilib olasiz. Umid qilamanki, pandemiya tugaganida kimni kuzatayotganimni bilib olasiz. "Navbahor"da men kuzatgan futbolchi bugun juda yaxshi harakat qildi.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 317
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar