“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:06
ЎЗO‘Z

Suares, Kavaniga qarshi o‘yin, eng yaxshi ko‘rgan bayrami, futbolchisi, jamoasi haqida - Jasur Yaxshiboyev

07 iyul, 17:41 1 891 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suares, Kavaniga qarshi o‘yin, eng yaxshi ko‘rgan bayrami, futbolchisi, jamoasi haqida - Jasur Yaxshiboyev "Pressball" nashri Belarus chempionatining eng yaxshi "snayperi" bilan blis savol-javob o‘tkazdi.
O‘zi borgan eng yaxshi joy haqida
Doha - Qatar poytaxti. Shu jumladan Dubay ham. Balki u yer dunyodagi eng yaxshi joydir. O‘ta zamonaviy, osmono‘par va chiroyli binolar juda ko‘p. "Paxtakor" bilan Osiyo chempionlar ligasi doirasida, undan tashqari, Olimpiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish uchun u joylarga borganman. Ammo men uchun eng zo‘r joy baribir Toshkent bo‘lib qoladi.

Eng yaxshi ko‘rgan filmi
Kinosevar emasman. Uyda bo‘sh vaqt bo‘lganida futbol ko‘raman. Umuman olganda fantastik kinolar ko‘rib turaman. Masalan, Marvelni. Tom Kruz va Jonni Depp sevimli aktyorlarim.

Eng yaxshi ko‘rgan ovqati. Bu yerda katta ehtimol bilan osh nomi aytilsa kerak
Albatta. Osh va qo‘y go‘shtidan qilinadigan ovqatga bizning O‘zbekistonda mayiz ham qo‘shiladi. Eng ustiga qazi solinadi. Bu ovqatni esa pomidor va bodringdan qilingan salatsiz tanovul qilish qiyin. O‘zbekistonda har payshanba osh qilish an’anasi bor. Belarusda esa kartoshkadan shunday ovqat qilishadi.

Eng yaxshi ko‘rgan qo‘shig‘i
O‘zbek qo‘shiqlarini eshitaman. Shoxruxxon, Munisa Rizayeva. Ular sevgi haqida kuylashadi. Arabcha qo‘shiqlar ham eshitib turaman. "Energetik" kiyim almashtirish xonasida Ayk Musaxanyan fransuzcha rep qo‘shiqlarni qo‘yib qo‘yadi. Tushunmayman, lekin eshitaveraman.

Eng yaxshi ko‘rgan bayrami haqida
Tug‘ilgan kunim ham yangi yil ham emas. Yaqindagina o‘tib ketgan Ramazon oyi. Qurbon Hayit ham. Bular musulmonlarning eng chiroyli bayramlaridir. Bahorning eng yaxshi bayrami Navro‘zni ham qo‘shib ketaman.

Eng yaxshi ko‘rgan raqami
24. Chunki 24 iyunda tavallud topganman. Shuningdek, 7. Libosimga shu raqamni tanlaganman. 7, 9 va 10-raqamlar juda yoqadi. O‘zbekistonda 9 va 22-raqamli liboslarda o‘ynaganman.

Ertalab yoki kechki payt?
Kechki payt. Uxlashni yoqtiraman. Ertalabki 8.30da mashg‘ulot qilish juda qiyin. Yarim yildan beri shu yerdaman, shu sababli bunga o‘rganib ham qoldim. O‘zbekistonda esa mashg‘ulotlar doimo kechki payt bo‘ladi. Chunki kunduzi issiq odamni yondirib yuboraman deb turadi.

Uyda bo‘lish yoki ko‘chani sayr qilish?
50ga 50. Bu mashg‘ulotdan charchashga bog‘liq.

Yilda eng yaxshi ko‘radigan payt
Yoz. Chunki juda issiq bo‘ladi. Cho‘milib, quyoshda qoraysa bo‘ladi. Ko‘chada futbolka, shortikda yuramiz. O‘zbekistonda yozda havo harorati 50 gradusdan ham oshib ketadi.

Sevimli jamoa
"Barselona". Gvardiola davrida ushbu jamoaga e’tiborim oshgan. U "Barselona"ni o‘zgacha uslubga olib o‘tgan. Menimcha Messi ham aynan Gvardiola davrida shunday yulduz darajasiga yetishgan.

Sevimli futbolchisi
Messi faqatgina mening eng yaxshi ko‘rgan futbolchim emas. Shuningdek, "Manchester Siti" futbolchisi Riyad Maxrez ham "Borussiya" vingeri Jeydon Sanchoning ham o‘yinlari yoqadi.

Sevimli sportchisi
Muhammad Ali. U odam sifatida ham barchaga namuna. U musulmon va aynan uning gaplaridan keyin ko‘plab insonlar shu dinga o‘tishmoqda.

O‘zbekistondan tashqari sevimli terma jamoa
Ispaniya. So‘nggi vaqtlarda terma oldingidek o‘ynay olmayapti. Inesta va Xavi davrida menga shu terma yoqib qolgan. O‘shanda Ispaniya ham Yevropa ham jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Bungacha Germaniya termasi yoqardi. Ularda uslub boshqacha. Tartib, sxema, maydondagi jarayon ham.

Hayratda qoldirgan stadion
Qatardagi "Al Sadd" stadioni. Ushbu mamlakatda havo harorati doimo issiq bo‘lishini barcha yaxshi biladi. Shu sababli stadionning ichiga va har bir parametriga konditsionerlar o‘rnatilgan. Maydonga chiqishingiz bilan sovuq havoni his qilasiz. Agarda futbolkaning o‘zida yugurmay tursangiz, albatta sovqotib qolasiz! Sig‘im esa unchalik katta emas - 15 ming muxlisga mo‘ljallangan. Qatardagi ko‘pchilik insonga futbol qiziq emas. Belarusda esa Minskdagi "Dinamo" va "Borisov-Arena" chiroyli.

O‘zingiz qatnashgan eng yaxshi o‘yin
2018 yili Marokash va Urugvay termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini. Qanday futbolchilar bo‘lgan-a! Urugvayga qarshi o‘yinda Suares, Kavani va Godin, Marokashda esa Hakimi, Bufal, Ziyech kabi super yulduzlar bo‘lgandi. Senegalga qarshi o‘yinda esa Mane zaxirada qoldirilgandi.

Sevimli ibora
Hech qachon taslim bo‘lmang. Qiyin onlar hammada bo‘ladi. Buni yengib o‘tib, oldinga intilish kerak. Har kun, har daqiqada nimalarga qodir ekanligingni isbotlab borish kerak. Nimani istasang, shunga erishishing shart.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 215
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 325
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 241
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar