“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:07
ЎЗO‘Z

Ronalduni kutayotgan antiqa rekordlar (foto)

05 iyul, 06:00 3 214 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ronalduni kutayotgan antiqa rekordlar (foto) Faoliyatini davom ettirayotgpan futbolchilar orasida eng ko‘p gol urgan "Yuventus" to‘purari Krishtianu Ronaldu hamon to‘purarlik qobiliyatini namoyon etib kelmoqda.

Sekin-asta avvalgi formasini tiklab borayotgan Ronalduni yangilanishi kerak bo‘lgan rekordlar kutib turibdi. Muxlislari esa uni futbol cho‘qqisiga yanada balandroq ko‘tarilishini istaydi.

Demak, Krishtianu Ronalduning mahorati, tajribasi va g‘oliblikka bo‘lgan intilishini hisobga olib, ikki yil davomida u yangilashi kutilayotgan rekordlar ro‘yxatini e’lon qilamiz.

Xo‘sh, Krishtianu bunga qodirmi? Qaysi rekordlar uni kutmoqda?

35 yoshli futbolchi so‘nggi ikki yilda quyidagi rekordlarni o‘rnatishi mumkin:
UYEFA Chempionlar ligasida 150 ta gol. Hozir Ronaldu hisobida 129 ta gol bor.
O‘yinlarda 300 ta assist. Ronaldu ayni paytda jamoadoshlarini 251 marta golli pas bilan ta’minlagan.
Yevropaning eng kuchli ligalarida 500 ta gol. Ronaldu Primeyra liga, APL, La Liga va A Seriyada 568 ta o‘yinda jami 440 ta gol urgan. Umuman olganda, yuqori ligalardan eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord Pelega tegishli. Futbol qirolining gollari 538 ta.

Terma jamoa tarkibida gol urish bo‘yicha hozirgi rekord eronlik Ali Dayeiga tegishli. U 109 ta to‘p kiritgan. Ronaldu Portugaliya terma jamoasida raqiblar darvozasini 99 marta ishg‘ol qilgan. Demak rekord takrorlanishi uchun 10, yangilanishi uchun 11 ta gol kerak.

Yevropa chempionatlari final bosqichida 10 ta gol. Ayni paytda Ronaldu hisobida to‘qqizta gol bor va u Mishel Platini rekordini takrorlagan. Yana bitta gol uni rekordchiga aylantiradi.

Chempionlar ligasida ketma-ket 16 mavsumda gol urish. Ronaldu 15 mavsumdan beri Yevropa klublarining eng nufuzli musobaqasida gol urib kelmoqda. Rekord uning sobiq jamoadoshi Rayan Giggzga tegishli. U 16 mavsum davomida gol urgan. Ronaldu ikki yil ichida bu ko‘rsatkichni yangilashi haqiqatga ancha yaqin.

Chempionlar ligasidagi xet-triklar. Ayni paytda Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bu musobaqa davomida sakkiztadan xet-trikka erishgan. Qani ko‘ramiz, keyingi rekord kimga yozilar ekan.

Italiya chempionati to‘purarligi. Krishtianu “Manchester Yunayted” safida Angliya, “Real”da Ispaniya chempionatlari to‘purari bo‘lgan. U A Seriyada ham bu natijani qaytara olsa, futbol tarixida Angliya, Ispaniya va Italiya chempionatlarida to‘purar bo‘lgan yagona futbolchiga aylanadi.
Bu rekordlarni yangilash uchun Krishtianudek hujumchiga ikki yil yetarli muhlat. Lekin hammasini vaqt ko‘rsatadi. Hozir esa uning uchta antiqa rekordini eslatib o‘tamiz.

Krishtianu Ronaldu:
- 1994-1995 yilda uch ochkoli tizim joriy qilinganidan buyon A Seriyada ketma-ket sakkizta safar uchrashuvida gol urgan yagona futbolchi;
- Chempionlar ligasida ketma-ket 11 ta o‘yinda gol urgan yagona futbolchi;
- Chempionlari ligasida ketma 12 ta safar uchrashuvida gol urgan yagona futbolchi.

Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 190
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar