“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:12
ЎЗO‘Z

“Lokomotiv”da murabbiy almashadimi?... AGMK chempion bo‘la oladimi? Qosimov nimaga shama qildi?

29 iyun, 23:30 2 337 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Lokomotiv”da murabbiy almashadimi?... AGMK chempion bo‘la oladimi? Qosimov nimaga shama qildi? 25 – 27 iyun kunlari Coca Cola Superligasida 6-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Bellashuvlarda bir qator kutilmagan natijalar va voqeliklar kuzatildi. Quyida biz doimgidek ana shu jihatlarga e’tibor qaratamiz.

“Qo‘qon-1912” – “Surxon” 3:0
"Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yinlarda "Surxon" ustunlikka ega edi. Ammo termizliklar oxirgi marta 20 yil oldin g‘alaba qozongandi. Jamoalarning bu galgi to‘qnashuvida vodiyliklar zafar quchishdi hamda o‘zaro to‘qnashuvlardagi g‘alabalar soni tenglashdi – 9 tadan.

“Surxon”ning natijalari murabbiy o‘zgarishiga olib keldi. Murabbiyni o‘zgartirishda “chempion” hisoblangan termizliklar Bahrom Haydarov o‘rniga Aleksandr Xomyakovni olib kelishdi.

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 2:0
Bir tur avval “Paxtakor”dan qaqshatqich zarba qabul qilib olgan “Bunyodkor” bu gal yana Toshkent derbisida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Ushbu mag‘lubiyat esa Andrey Fyodorovning kursisini yaxshigina qimirlatib qo‘ydi. Ayni paytda klub rahbarlari uning o‘rniga nomzodlar qidirayotgan bo‘lsa ajab emas.

“Qizilqum” – “Paxtakor” 0:2
Aftidan bu mavsum chempionatni “Qizilqum” tark etadigandek. Jamoa ancha o‘yinlarni boy bermoqda. Bu tur navoiyliklar “Paxtakor”ga yutqazishdi.

Umuman olganda “Qizilqum”dan “sherlar”ga qarshi o‘yinda nimanidir kutish noo‘rin edi. Chunki tarkib va o‘zaro o‘yinlar statistikasi toshkentliklarning yaqqol ustunligini ko‘rsatayatgandi. Tomonlar 40 marta to‘qnash kelishgan va “Qizilqum” faqatgina bir marta “Paxtakor”ni taslim etgan xolos.

E’tiborlisi, "Paxtakor"ning ikki futbolchisi uzoq muddatli tanaffusdan keyin yana rasmiy o‘yinda ishtirok etishdi. Akram Komilov 2019 yil 29 iyun kuni Qo‘qonda "Qo‘qon-1912" bilan o‘yinda jarohat olgandi. Akram deyarli bir yil vaqtni jarohatdan tiklanishga sarfladi. Javohir Sidiqov esa o‘tgan yili 6 may kuni Osiyo Chempionlar Ligasi bahsida "Persepolis"ga qarshi uchrashuvda jarohatlangandi. Bir yildan ortiq muddat davomida tiklangan Javohir ham Navoiyda "Qizilqum" bilan bellashuvda yana maydonga qaytdi. U bir yil ikki oyga yaqin vaqt davomida katta futbolsiz qoldi.

“So‘g‘diyona” – “Andijon” 1:1
Shashti baland “So‘g‘diyona” raqibi – “Andijon”ni mensimadi. Jizzaxliklar karantindan so‘ng ancha yaxshi o‘yin namoyish etishayotgandi va birin ketin g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgandi. G‘alabalardan sarmast bo‘lgan Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari mensimaslik oqibatida jazolanishdi. Mezbonlar tayyor g‘alabani boy berdi. “Burgutlar” uchun bu g‘alabaga teng durang edi. Boz ustiga Farhod Bekmurotov oxirgi daqiqalarda shedevr gol yo‘lladiki, jizzaxliklar darvozaboni har qancha urinmasin, to‘pni qaytara olmadi. “Andijon” safarda “So‘g‘diyona”ni to‘xtatdi.

“Nasaf” – “Buxoro” 0:0
Qarshiliklar karantindan keyin duranglar iskanjasida qolib ketishdi. Karantingacha esa Ro‘ziqul Berdiyev 3 turda 9 ochko bilan 100 foizlik natija qayd etgandi. Hozir esa g‘alaba qozona olmayapti. “Ajdarlar” qimmatli ochkolarni boy berishdi. Endi ularni yana jiddiy raqiblar kutmoqda.

“Buxoro” metin himoya va darvozabonning ajoyib harakatlari evaziga Qarshidan ochko bilan qaytdi. Mehmonlar bu mavsum ilk bor safardan ochko olishdi. Ammo Muhsin Muhammadiyev shogirdlari birinchi turda gol urganicha, hali hamon darvozalarni ishg‘ol qila olmayapti.

“Metallurg” – “Navbahor” 1:3
“Metallurg” ham “So‘g‘diyona” kabi yaxshi restart olgandi. “Navbahor”ning maqsadi esa OCHL yo‘llanmasi. Shu bois uchrashuvga bo‘lgan qiziqish yuqori edi. Ayrimlar mazkur qarama-qarshilikni turning markaziy o‘yini deya e’tirof etishdi.

Bellashuv kutilganidek ajoyib o‘tdi. Bir-biridan chiroyli gollar. Asosiysi terma jamoaga nomzod Azizbek Turg‘unboyev o‘yinini topib bormoqda, gollar uryapti. Turg‘unboyev Bekobodda faoliyatidagi ikkinchi dublni rasmiylashtirdi.

AGMK – “Mash’al” 1:0
Olmaliqliklar o‘z uylarida debyutantni qabul qilishdi. Mirjalol Qosimovdek tajribali murabbiyi bor jamoa muborakliklar darvozasiga bir marta yo‘l topdi xolos. Uchrashuvda Bahrom Abdurahimov nafaqat yagona, balki olmaliqliklar safidagi dastlabki golini urdi.

Ma’lum tanaffusdan keyin AGMK Superligada eng yaxshi restart olgan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Qatorasiga to‘rt o‘yindagi g‘alaba va restartdan keyingi yuz foizlik natija klub tarixidagi eng yaxshi startga aylandi. Qolaversa, AGMK hozircha eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoa hisoblanadi.

Olmaliqliklar darvozaga kam gol urmoqda. Buni esa Mirjalol Qosimov quyidagicha izohladi: Ko‘p gol ursa ham, kam gol urib yutsa ham g‘alabaga beriladigan ochkolar soni o‘zgarmaydi. Futbolda hech narsani avvaldan bilib bo‘lmaydi. Italiya ham vaqtida kam gol urib jahon chempioni bo‘lgan”. Mirjalol Qosimov bu gapi bilan nimalargadir shama qilgandek. Nimalar bo‘lishini esa keyingi turlar orqali bilib olamiz.

Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar