“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 00:00
ЎЗO‘Z

La Liga. Futbolda nimalar o‘zgardi?

16 iyun, 11:49 1 664 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
La Liga. Futbolda nimalar o‘zgardi? Foto Reuters
Ispaniya futbolidagi asosiy insayderlardan biri Gilem Balage yangilangan Ispaniya chempionatidagi ilk o‘yinlardan so‘ng, klublarning bosh murabbiylari bilan gaplashdi va bir qator muhim mulohazalarni yig‘di. 28-turdan keyin murabbiylar qo‘yidiga jihatlarga alohida e’tibor qaratishgan.

Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi - mavsumdagi ilk o‘yinlardagi kabi. Hatto undan ham yomonroq bo‘lishi ehtimoli katta. Chunki odatiy yozgi ta’tildan ham uzoqroq tanaffus bo‘ldi va futbolchilar odatiy mavsumoldi mashg‘ulotlarni amalga oshira olishmadi ham. O‘yin oxirlarida jamoalar charchab qolayotganining sababi shundan.

Barcha bor imkoniyati bilan o‘ynamoqda - buni futbolchilarning o‘ynashni sog‘inganliklari bilan ham izohlash mumkin. Shuning uchun ham o‘yin oxiriga borib tomir tortib qolish holatlari kuzatilmoqda. Odatda yuqori tempdagi o‘yinlarda ham bu holat kam kuzatilardi.

Hammadan ham darvozabonlarga qiyin bo‘lyapti - tanaffus vaqtida ularga mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish juda qiyin bo‘lgan. O‘rtoqlik o‘yinlarisiz yuqori formaga qaytish darvozabonlar uchun qiyinroq.

O‘yinlar taqvimi zich bo‘lgani uchun yangiliklarni amalda sinab ko‘rish uchun vaqt yo‘q. Asosiy e’tibor va vaqt tiklanishga sarf bo‘lmoqda. Futbolchilar texnik holati ham o‘rtachadan past.

Besh marta futbolchi almashtirish murabbiylarga qo‘l kelmoqda. Masalan, «Vilyarreal» o‘yin davomida barcha kreativ futbolchilarni almashtirishga muvaffaq bo‘ldi va o‘yin oxirida g‘alaba qozondi.

Taqvim zich bo‘lgani uchun kuchsiz klublar o‘ziga xos strategiya va afzalliklarni tanlashmoqda. Masalan, «Eybar» «Real»ga qarshi kuchli tarkibni qo‘ymadi, chunki baribir imkoniyat kam. Buning o‘rniga uch kundan keyin, saviya jihatidan yaqinroq bo‘lgan jamoaga qarshi o‘yinga urg‘uni qaratgan.

O‘yin ritmi o‘zgarishi odatdagidan ancha kam bo‘lmoqda. Masalan, «Sevilya» derbining birinchi bo‘limida o‘yin tempini juda uzoq vaqt bir xil ushlab turgani e’tiborga molik.

Hakamlar bilan tortishuvlar ham kamaygan. Futbolchilar hakam qarorlarini xotirjam qabul qilishyapti. Bu ham tabiiy. Birinchidan, bo‘lib o‘tgan voqealar, pandemiya ularni yanada sokinroq qilib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir sababi, muxlislarning quvvatlashi bo‘lmagani uchun emotsional holatga kirib qolishmayapti va o‘zlarini ancha xotirjam tutishmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • So'nggi yangiliklar
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 0
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 1
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 135
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 141
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 29
  • Bo‘limlar