“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:48
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev: "Birinchi o‘rinni saqlab qolishga intilamiz, "Navbahor"dan ustunlik qildik"

15 iyun, 00:13 2 373 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev: "Birinchi o‘rinni saqlab qolishga intilamiz, "Navbahor"dan ustunlik qildik" Coca Cola Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9jaGFtcGlvbmF0LmFzaWEvdXovbmV3cy9iaXJpbmNoaS1vcmlubmktc2FxbGFiLXFvbGlzaGdhLWludGlsYW1pei1idWd1bmdpLW95aW5kYW4tb2xkaW4tdGFya2liaW1pemRhLWppZGRpeS15b3FvdGlzaC1ib3ItZWRpLW5hdmJhaG9yZGFuLXVzdHVubGlrLXFpbGRpay1yb3ppcXVsLWJlcmRpZXYtaXNodGlyb2tpZGFnaS1tYXRidW90LWFuanVtYW5p]bildirdi[/leech].
"3 oylik tanaffusdan keyin ikkala jamoa ham shiddatkor, mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. "Navbahor" barcha o‘yinlarda qarshi hujumlarda o‘ynayotgan edi. Buni kutgandik. Shunga qaramay qayerdadir e’tiborni yo‘qotdik, ikkita qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Jamoam oxirigacha kurashdi. Raqibdan jismoniy tomonlama ustunlik qildik. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib yomon o‘ynamadik.

Albatta musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda turish doim yoqimli. Bu o‘rinni saqlab qolishga harakat qilamiz.

O‘zgarishlar o‘zini oqladi deb o‘ylayman. Murod Xo‘jamberdiyev va Husayin Norchayev debyut qilishdi. Kichik jarohati bor bo‘lsa-da Xaris Dilaverni tavakkal qilib hujumkorlikni kuchaytirish uchun maydonga tushirdik. Xaris asosan o‘z mamlakatida to‘p tepgan, Marko Stanoyevich esa ko‘plab chet el klublarida o‘ynagani uchun bizning jamoaga tezda moslashib ketdi.

Muxlislar ushbu bahsni markaziy deb hisoblashgandi, menimcha TV orqali tomosha qilgan muxlislar xursand bo‘lishdi.
Dilshod Saitov jarohat olgan va davolanmoqda. Bu biz uchun katta yo‘qotish.

"Navbahor" jamoasidan biz kutmagan variantlarni ko‘rmadik. Tarkibi ham, o‘ynash uslubi ham bir xil. Himoyada yaxshi himoyalanishdi.
Bizning rejamiz har bir o‘yinda maydonga tushib, g‘alaba qozonish. Bugun qanotlardan ko‘proq urg‘u berishga urindik. Muhitdinov va Mannonovni o‘ynatdik, ularda vaziyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik.

Karantin keyingi turlarga ta’sir qiladi albatta. Jamoalarda jarohat olganlar ko‘paymoqda. Bundan tashqari kutilmagan natijalar ham qayd etilmoqda.

Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Stadionga muxlislar kelsa o‘yin saviyasi va darajasi boshqacha bo‘ladi. Hozir og‘ir davrni boshdan kechirayapmiz, sabr qilish kerak", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 158
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 362
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar