“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 04:46
ЎЗO‘Z

Ashurmatov: “Bunyodkor” o‘z o‘yini bilan bizning taktikamizni o‘zgartirishga majbur qildi

13 iyun, 22:30 1 758 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ashurmatov: “Bunyodkor” o‘z o‘yini bilan bizning taktikamizni o‘zgartirishga majbur qildi Bugun qayta start olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin ilk o‘yin “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng dastlab mehmonlar murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumaniga tashrif buyurdi. Dastlab murabbiy uchrashuv taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ochig‘i, 3 oy davomida futbol o‘ynamadik. “Navbahor” bilan o‘rtoqlikdan keyin jamoamiz holati yaxshi deb o‘ylovdim. Lekin rasmiy o‘yin baribir boshqacha ekanini ko‘rsatib berdi. “Bunyodkor” to‘p nazorati bo‘yicha kuchli ekanini isbotladi va amalda haqli g‘alabaga erishdi”, – dedi Baxtiyor Ashurmatov.

– Raqibni yaxshi o‘rganganingiz ko‘rinib turdi. Lekin g‘alaba uchun hujumga o‘tishga cho‘chishgandek tuyuldi.
– Balki, asosiy tarkib tanlashda adashgandirman. Qator chiziqlarda teng kuchli o‘yinchilar bor. Ammo shu tarkibda to‘xtaldik. Mezbonlar chuqur himoyalanishga majbur qildi va bu amalda o‘z natijasini ko‘rsatdi. Bugungi o‘yinga munosib tayyorgrlik ko‘rgandik. Hamma rejamizni amalga oshira olmadik. Fikrimcha, yigitlarimiz ham kamida durang uchun mehnat qilishgan edi.

– O‘yinni 4 himoyachi bilan boshlab, keyinchalik 3 markaziy himoyachini ko‘rdik.
– Boshida 4-4-2 taktikasiga to‘xtalgan edik. Biroq o‘yin davomida raqibning qanotlaridagi hujumlar 5 ta himoyachiga o‘tishga majbur bo‘ldik. Bu degani “Bunyodkor” o‘z o‘yini bilan bizning taktikamizni o‘zgartirishga majbur qildi.

– Bambaning zaxiradan tushishi haqida
– Uni “Navbahor” bilan o‘yinda sinab ko‘rdik. Uning yaxshi va aniq pas bera oladigan qobiliyati bor. O‘z rejamga ko‘ra asosiy tarkibga uni tanlamadim. Keyinchalik o‘yinni kuchaytirish uchun zaxiradan tushdi. Bugun to‘psiz o‘ynash natijasida ko‘p jismoniy kuch sarfladik. Meni hayron qoldirgan narsa uyda va mehmonda boshqa jamoalarni ko‘ryapmiz. Negadir uydagi o‘yinni ko‘rsata olmayapmiz. Kuchli jamoa bo‘lishni istasak, shu ustida ishlashimiz kerak.

– Karantindan keyingi ilk o‘yin uchun jismoniy holat haqida qanday fikrdasiz?
– Umuman olganda, bundan yaxshiroq o‘yin kutgan edik. Balki bu rasmiy o‘yin bo‘lgani uchundir. Bu jihatdan 100 foiz o‘yinga tayyor bo‘lmaganimiz ko‘rinib turdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 130
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 109
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar