“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:56
ЎЗO‘Z

Superliga jamoalari bosh murabbiylari 4 ta muhim masala yuzasidan onlayn muloqot qildi

31 мая, 08:30 1 765 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Superliga jamoalari bosh murabbiylari 4 ta muhim masala yuzasidan onlayn muloqot qildi Kecha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan professional futbol klublariga mashg‘ulot olib borishga rasman ruxsat etilgani haqida xabar berilgan edi. Shu bois, futbol jamoatchiligi ayni damda futbol musobaqalarining qachondan boshlab davom ettirilishi bilan qiziqishi tabiiy.

Kunning ikkinchi yarmida, kun tartibidan o‘rin olgan bir qator muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida Superliga futbol klublari rahbarlari va bosh murabbiylari bilan onlayn videokonferensiya tashkil qilindi. Unda hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan to‘rtta masala muhokama qilindi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Birinchi masala: Superliga klublari musobaqani qachondan davom ettirishadi?
Bosh murabbiylar bilan o‘tkazilgan videokonferensiya yig‘ilishida bu borada murabbiylarning fikrlari tinglandi. Ayni damda O‘zPFL klublar bosh murabbiylari fikrlarini inobatga olgan holda yakuniy qarorni O‘FA bilan kelishgan holda ma’lum qiladi.

Ikkinchi masala: U-21 jamoalari uchrashuvlari
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlari odatdagidek, asosiy jamoalar uchrashuvidan bir kun avval o‘tkazilishi belgilandi.

Uchinchi masala: U-18 jamoalari uchrashuvlari
U-18 jamoalari o‘rtasidagi bahslar markazlashgan tizimda o‘tkaziladi. Bu borada taqvim tig‘izligi hamda jamoalarning bugungi kundagi moliyaviy imkoniyatlari inobatga olindi. Ushbu musobaqa o‘tkazilish tartibi va joyi kabi masalalar ishlab chiqilmoqda va bu haqda keyinroq batafsil xabar beriladi.

To‘rtinchi masala: Yozgi transfer oynasi sanasi
Yozgi transfer oynasi avvaldan belgilanganidek o‘zgarishsiz qoldi va ushbu jarayon 6 iyuldan 30 iyulgacha davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 2
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar