“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:33
ЎЗO‘Z

"Paxtakor" - Masharipov - "Trabzonspor" "seriali" bo‘yicha rasmiy izoh: Jaloliddinning transferi qiymati 6 million yevro baholanmagan

30 мая, 20:53 3 555 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Paxtakor" - Masharipov - "Trabzonspor" "seriali" bo‘yicha rasmiy izoh: Jaloliddinning transferi qiymati 6 million yevro baholanmagan "Paxtakor" yetakchisi Jaloliddin Masharipovga Turkiyaning "Trabzonspor" klubi jiddiy qiziqayotgani haqida ma’lumot bergandik.
Bugun turk matbuotida, xususan "FotoMac" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Masharipovning transfer narxi 6 million yevro baholangan va bu "Trabzonspor" klubini qo‘rqitib yuborgani haqida ma’lumot bergan.

Mazkur holatni aniqlash maqsadida, saytimiz tahririyati "Paxtakor" rahbariyati bilan bog‘landi. Toshkent klubining "championat.asia"ga ma’lum qilishicha, turk matbuotidagi xabar asossiz. Ya’ni, "Paxtakor" Masharipovning transfer narxini 6 million yevro baholamagan. Shuningdek, klublar hali rasman muzokaralarga kirishmagan. "Trabzonspor" klubi Masharipovning transferi bo‘yicha hozircha rasmiy so‘rov yuborgani yo‘q.

Kuni kecha Masharipovning transferi bo‘yicha Shahboz Beg‘amov ma’lum qilganidek, "Paxtakor" va turk klubi o‘rtasidagi muzokaralar hali rasmiy jarayonga ko‘chmagan. Va bu ko‘p jihat avvalo futbolchi hamda klubning o‘zaro shartnoma shartlarini kelishuviga ham bog‘liq masala. Turkiya klubi Masharipovga jiddiy qiziqmoqda, lekin hali aniq taklif bilan toshkentliklarga murojaat qilmagan.

"Paxtakor" Jaloliddin Masharipovning transferi bo‘yicha "Trabzonspor" bilan muzokaralarga kirishishga tayyor va tomonlar buni o‘zaro hal etishlari mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 56
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 280
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar