“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:35
ЎЗO‘Z

Futbol qiroli - Pele bilan uchrashgan o‘zbekistonlik murabbiyni bilasizmi?

29 мая, 11:30 2 901 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Futbol qiroli - Pele bilan uchrashgan o‘zbekistonlik murabbiyni bilasizmi? Yaqinda internet orqali futbol qiroli – Pelening eski rasmlaridan biriga ko‘zim tushib qoldi. Avvaliga bu navbatdagi oddiy suratlardan biri, deb o‘ylagandim. Ammo, keyin rasmga yaxshiroq nazar solsam, Pelening oldida turgan inson ko‘zimga juda “issiq” ko‘rindi.

U hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Bunyodkor” klubini boshqarayotgan Vadim Abramov edi. Rasm ancha eski bo‘lgani bois unda Pele ham, Abramov ham ancha yosh ko‘rinishardi. Tabiiyki, bu holat bizning e’tiborimizni o‘ziga tortmasdan qo‘ymadi. Natijada buning tarixini bilish maqsadida Vadim Karlenovich bilan aloqaga chiqdik. Darhaqiqat, Abramov bizning fikrimizni isbotladi.

- Pele bilan 1998 yili Fransiyada, Zepp Blatterning FIFA prezidenti lavozimiga tayinlangan paytida uchrashgandik. U bilan o‘sha paytda esdalik uchun suratga tushib olgandim. O‘shanda mendan tashqari Fransiyaga Zokirjon Almatov bilan Zokirjon Qurbonov ham borgandi. Bizning esdalik uchun suratimizni esa “polaroid” fotoapparatida olishgan. Tugmachasini bosishingiz bilan darhol rasm chiqarib beradi, - deya Pele bilan uchrashganini xotirladi, Abramov.

Vadim Karlenovich bilan Pele bahonasida bog‘langanimizdan foydalanib, undan yana o‘zimizni qiziqtirgan ayrim masalalarni ham so‘rashni lozim topdik. Jumladan, so‘nggi paytlarda ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib turgan “Rostov”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodovning kelajagi milliy terma jamoamiz ustozi sifatida Abramovni ham befarq qoldirmayotgani oydek ravshan edi.

Albatta, hozirda ko‘pchilik hujumchimizning kuchliroq chempionatga ketib, faoliyatini o‘sha yerlarda davom ettirishini xohlamoqdalar. Voqealar rivoji shunday tus olar ekan, bu barchamiz uchun katta yutuqqa aylanardi. Biroq hozircha podadan oldin chang chiqarish yaxshi emas. Qolaversa, Abramov milliy termamiz manfaatlaridan kelib chiqib fikr bildirar ekan, birinchi navbatda Shomurodovning qayerda bo‘lsa ham o‘yin amaliyoti muhim ekanligini aytdi.

- Mening Eldor Shomurodov haqidagi fikrim shunday: u qayerda bo‘lsa ham o‘ynasa bo‘lgani. Terma jamoa a’zosi uchun muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish juda muhim omil hisoblanadi. Quvonarlisi, Eldor terma jamoaga kelgan paytda doim xushkayfiyatda va mashg‘ulot bilan o‘yinlarga tayyor holda bo‘lib turadi. Agar u kuchliroq ligaga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, biz bundan faqat quvonamiz. Mabodo, Shomurodov kuchliroq chempionatga o‘tsayu, ammo u yerda zaxirada qolib ketadigan bo‘lsa, bu biz uchun katta yo‘qotishga aylanadi. Shunday ekan, RPLda bo‘lsa ham uning doimiy ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turgani biz uchun yaxshi.

Shundan so‘ng terma jamoamizning e’tiborini yana bir muhim masalaga qaratdik. Bu Superligamizning qachondan boshlab davom ettirilishi bilan bog‘liq edi. Hozirgi sharoitda futbolimiz mutasaddilaridan vaziyatni tezlashtirishni talab qilish ham noo‘rin. Negaki, holatni barcha yaxshi tushunib turibdi. Lekin, ishonamizki, qachondir vaziyat o‘zgarib, chempionatimiz o‘yinlari yana davom ettiriladi. Vadim Abramov ham bu masalada fikr bildirar ekan, hammasini yaxshi o‘ylab, fikrlagan holda javob qaytardi.

- Hozir hamma qachon mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga ruxsat berilishini kutmoqda, jumladan biz terma jamoa murabbiylar shtabi vakillari ham. Agar mendan milliy chempionat o‘yinlari qanday o‘tkazilishi haqida so‘rasangiz, mening bu boradagi fikrim shundayki, karantin tezroq tugab, o‘yinlar boshlansin. Ikki haftalik karantin nihoyasiga yetishini intiqlik bilan kutib qolamiz. Shunda biz terma jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini kuzatishga ko‘proq ega bo‘lamiz, - dedi Vadim Karlenovich.

Shuhratbek Jo‘rayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 0
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 0
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 0
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 0
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 1
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar