“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:20
ЎЗO‘Z

Diyor Imomxo‘jayev PFL direktori bo‘lishi kutilmoqda

22 мая, 18:18 2 898 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Diyor Imomxo‘jayev PFL direktori bo‘lishi kutilmoqda O‘zbekiston professional futbol ligasiga Diyor Imomxo‘jayev rahbar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqdagi ma’lumotni Tribuna.uz manbasi tasdiqladi.

PFLning sobiq direktori Davron Shoqurbonov 21 may kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgandi. Tashkilotning yangi rahbari bo‘lish uchun PFL direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev tavsiya qilingan va uning nomzodi qo‘llab-quvvatlangan. U tez orada rasman tashkilotning vaqtincha rahbari sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda.

PFL rasmiy saytida Shoqurbonovning vazifasidan ozod etilgani va uning o‘rnini kim egallashi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Tribuna.uz muxbirining aniqlashicha, Davron Shoqurbonovning iste’fosi qandaydir mojaro bilan bog‘liq emas.

Davron Shoqurbonov 2019 yil 17 iyunda PFL direktori etib tayinlangandi. Sobiq qanot hakami bo‘lgan Shoqurbonov PFL direktorligiga kelishdan avval «Bunyodkor» klubida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Uning keyingi faoliyatiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Diyor Imomxo‘jayev 2017 yildan buyon PFLda faoliyat yuritib keladi. U dastavval tashkilot direktori maslahatchisi, keyinchalik direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha jurnalist hisoblangan Diyor Imomxo‘jayev ayni damda «Futbol TV» telekanalida futbol o‘yinlarini sharhlab boradi.

Muxlislar orasida «Sport» telekanalida «Futbol sharhi» ko‘rsatuvidagi tanqidiy chiqishlari, «Sokker klub» mualliflik dasturida kelishilgan o‘yinlar muammosini ko‘tarib chiqqani bilan tanilgan. Matbuotda ham faoliyat yuritgan Diyor Imomxo‘jayev bir necha yil «Erudit Sport» gazetasidagi kolonkasida o‘zbek futbolidagi haqidagi maqolalari bilan chiqish qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar