"Barselona" klubi yarim himoyachisi Xaver Maskerano jamoa hujumchisi Lionel Messi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Leoning o‘yini o‘xshasa, "Barselona"ning barcha futbolchisi yaxshi o‘ynaydi. Chunki u jamoaning o‘yinini tashkil qilib beradi. Messi mavsumni yaxshi boshladi, keyin o‘yinida pasayish yuz berdi.
Ammo hozirda yana avvalgi holiga qaytdi. Umid qilamanki, biz mavsumni yuqori kayfiyatda yakunlaymiz", - deydi Maskerano.