“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:13
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik og‘ir vazn toifasidagi bokschi hamda Mayk Tayson o‘rtasida xayriya jangi tashkil qilinadimi?

27 apr, 23:30 3 634 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik og‘ir vazn toifasidagi bokschi hamda Mayk Tayson o‘rtasida xayriya jangi tashkil qilinadimi? Rossiya boks federatsiyasi rahbari Umar Kremlyov Mayk Tayson va Oleg Maskayev o‘rtasidagi xayriya jangini tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

"Men xayriya va bolalarga yordam berish uchun ushbu ishni mamnuniyat bilan amalga oshiraman. Agar, tushgan mablag‘ shu tarzda sarf qilinsa, biz ushbu jangni tashkil qilishga tayyormiz. Bu yosh avlod manfaati uchun faxriylar jangi bo‘lar edi. Men ushbu g‘oyani ma’qullayman va uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorman”, - dedi Kremlyov.

51 yoshli Maskayev “SE”ga bergan intervyusida ringga qaytishga tayyorligini aytgan edi. O‘z o‘rnida 53 yoshli Mayk Tayson ham bir nechta ko‘rgazma janglarini o‘tkazish niyatini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz. Oleg Maskayev asli Qozog‘istonda tug‘ilgan bo‘lsada, O‘zbekistonda xarbiy xizmatni o‘tash asnosida, yurtimiz nomidan xalqaro arenalarda ringga ko‘tarilgan. U havaskor boksda +91 kgda 1994 yil Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 1995 yil Jahon Kubogi sovrindori bo‘lgan. Keyinchalik Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Maskayev og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishining (2006-2008) sobiq chempioni hisoblanadi.
Mayk Tayson, Oleg Maskayev, xayriya jangi




Mavzuga oid yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar