“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 20:37
ЎЗO‘Z

«Yangi Mahrezni qo‘ldan boy bermang!» - Rossiya klublaridan Jasur Yaxshiboyevga e’tibor qaratish so‘raldi

14 apr, 20:19 3 760 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yangi Mahrezni qo‘ldan boy bermang!» - Rossiya klublaridan Jasur Yaxshiboyevga e’tibor qaratish so‘raldi Rossiyaning «Sovetskiy sport» nashri Belarus Oliy ligasida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilar haqida maqola yozarkan, Rossiya Premer-ligasi klublarini bu o‘yinchilarga e’tibor qaratishga chaqirgan.

Jasurbek Yaxshiboyev
Klubi:
«Energetik-BGU» («Paxtakor»dan ijara asosida)
Fuqaroligi: O‘zbekiston
Yoshi: 22 yosh
Pozitsiyasi: chap qanot hujumchisi
Belarus Oliy ligasi-2020: 4 o‘yin, 3 gol, 1 assist
Transfer narxi: 300 ming yevro.

«O‘zbek legioneri ehtimol mavsumning asosiy kashfiyotiga aylandi. Toshkentning «Paxtakor» klubidan ijara asosida «Energetik-BGU» safiga kelib qo‘shilgan futbolchi O‘zbekiston olimpiya jamoasi tarkibida Osiyo chempionatida to‘p surgani bois, yangi klubining yanvar oyidagi yig‘inini o‘tkazib yuborganiga qaramay, mavsumni ajoyib tarzda boshladi.

Yaxshiboyev – klassik hujumkor vinger. Tezkor, texnikali, raqibini aldashdan qo‘rqmaydi, katta tezlikda to‘pni o‘zida yaxshi saqlay oladi, ikki qanot va markazdan kuchli zarbalar yo‘llay oladi. Yana bir muhim jihati juda sovuqqon futbolchi. BATE bilan o‘yinda himoyachi va darvozabonni sovuqqonlik bilan dog‘da qoldirib, gol urgani e’tiborga molik. Yaxshiboyev o‘z jamoasining 6ta golidan 5tasida ishtirok etgani ajoyib natija.

Uni kimdir allaqachon yangi Riyod Mahrez deya atamoqda. RPL klublari bunday iqtidorni qo‘ldan boy bermang!», - deyiladi rus nashrida Jasur Yaxshiboyev haqida.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yarimhimoyachi 3-turdan keyin 3ta gol bilan Belarus Oliy ligasi to‘purarlari safida bormoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 115
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 346
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 178
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Bo‘limlar