“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:40
ЎЗO‘Z

FIFA rahbarlari Rossiya va Qatardan qancha pora olgani ochiqlandi

07 apr, 19:36 3 054 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
FIFA rahbarlari Rossiya va Qatardan qancha pora olgani ochiqlandi Foto: «Google Images»
AQSH Federal qidiruv byurosi bir necha yildan buyon davom etayotgan tergov-surishtiruv yakunida FIFAning bir qator sobiq rahbarlariga ayblov e’lon qildi. Ular jahon chempionati o‘tkazish huquqini berish evaziga Rossiya va Qatardan pora olganlikda gumonlanmoqda.

Tergovchilarga ko‘ra, xalqaro futbol uyushmasi sobiq vitse-prezidenti Jek Uorner Rossiya rasmiylaridan 5 million dollar pora olgan.

2010 yil 1 noyabr kuni J.Uornerning yordamchisi elektron pochtasiga «Iltimos, unga (ya’ni Uornerga – tahr.) kelishuv shartlari ushbu haftada bajarilishini yetkazib qo‘ying» degan mazmunda xabarnoma keladi. Kelgusi oy davomida esa J.Uorner bank hisob raqamiga 5 million dollar kelib tushadi. Ushbu mablag‘ Kipr hamda Virginiya orollaridagi ofshor kompaniyalar orqali o‘tkaziladi.

Jek Uorner Trinidad va Tobago davlati fuqarosi bo‘lib, AQSH hozirgacha uni ekstraditsiya qilishning uddasidan chiqqani yo‘q.
Ayblov tomoniga ko‘ra, FIFA ijroiya qo‘mitasining boshqa bir sobiq a’zosi Rafael Salgeroga 1 million dollar pora va’da qilingan. Gvatemalalik mulozim aybini tan olgan va futboldan umrbod chetlatilgan.

AQSH prokurorlari Janubiy Amerika futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Nikolas Leos hamda Braziliya futbol federatsiyasi rahbari Rikardo Tesheyra ham Qatarni qo‘llab-quvvatlash evaziga pora olgan deb hisoblaydi. Nikolas Leos o‘tgan yili, vatani Paragvayda uy qamog‘ini o‘tash payti vafot etdi. Rikardo Tesheyra esa umrbod futboldan «badarg‘a» etildi.

Qayd etish joizki, Rossiya ayblovlarga qaramay 2018 yilda jahon chempionatini o‘tkazib olishga ulgurdi. Qatar esa 2022 yilda eng nufuzli futbol turniriga mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan.

FIFA rahbariyati 2010 yildagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, navbatdagi jahon chempionatlarini o‘tkazish huquqini Rossiya (2018) hamda Qatarga (2022) taqdim etgan. Keyinroq xalqaro futbol uyushmasi rahbariyati buning evaziga katta miqdorda pora olgani borasida ayblovlar yangradi. Shu tariqa FIFA prezidenti Zepp Blatter va UYEFA yetakchisi Mishel Platini majburan iste’fo berdi. Korrupsiyaga oid jinoiy ish doirasida 42 nafar katta-kichik mulozimlarga ayblov e’lon qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 102
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 149
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 242
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 486
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar