“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:21
ЎЗO‘Z

Rivaldo: «Barselona» Neymarni ortga qaytarishi shart

27 mar, 23:38 2 647 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rivaldo: «Barselona» Neymarni ortga qaytarishi shart Foto: Yandex Photos
«Barselona»ning sobiq futbolchisi Rivaldo «Inter» hujumchisi Lautaro Martines va PSJ forvardi Neymarning kataloniyaliklar klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

«Men ancha vaqtdan buyon Neymarga ishonishim haqida aytib kelaman. Balki u «Barselona»dan ketib xato qilgandir, biroq uni 222 million yevrodan kamiga qo‘lga kiritishning iloji bo‘lsa, klub bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligi shart.

Neymar hali juda ko‘p o‘yinlar o‘tkazdi. U endigina 28 yoshga to‘ldi. U jamoa uchun ajoyib xarid bo‘ladi, chunki «Barselona» klubni yaxshi biladigan va o‘yinlarda farqni yuzaga keltira oladigan xarakterga ega o‘yinchiga ega bo‘ladi. Leo Messi bilan birga to‘p surish uni qo‘rqitmaydi va argentinalik futbolchi ham bajonidil uning qaytganini qabul qiladi.

«Barselona» Lautaro Martinesni «Inter»dan sotib olishi mumkinligi haqida aytilmoqda, biroq 22 yoshli hujumchi hali o‘sishi va tajriba to‘plashi lozim. U allaqachon «Inter»ning muhim o‘yinchisiga aylandi va kelajakda Lautaro top-futbolchi bo‘lib yetishishi mumkin. Biroq ayni damda u «Barselona»ga o‘tishga tayyor emas.

«Barselona» hozir Neymarni qaytarishga va o‘sha mashhur hujum uchligini qayta tiklashga e’tibor qaratishi lozim. Jamoa Neymarni qo‘lga kiritish uchun bor pulini berishi kerak, chunki PSJ hozirda real takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

O‘ylashimcha, u PSJga o‘tib ketgani uchun muxlislardan kechirim so‘raydigan bo‘lsa barchasi izga tushib ketadi. Neymar o‘zining aql bovar qilmas o‘yini bilan ishqibozlar mehrini yana qozona oladi», — deydi Rivaldo.
Rivaldo, Barselona, Neymar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Bokschilarimiz Rossiyadagi turnirda 7 ta oltin va 9 ta kumush medallarni qo‘lga kiritishdi 18 мая, 19:19 208
  • O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 29 may kuni qur’a tashlanadi 18 мая, 18:59 89
  • Fil Foden APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi 18 мая, 16:43 58
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 129
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 223
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar