"Barselona"ning sobiq futbolchisi Aleksandr Gleb katalon klubidagi faoliyatini esladi. Gleb EFE axborot agentligi bilan suhbat jarayonida "Barselona"da qilgan xatolariga iqror bo‘ldi.
"Klubda o‘z o‘rnimni topolmaganim faqat o‘zimning aybim, Gvardiolaning emas. U men mamlakatga, jamoaga moslashib ketishim uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Men ahmoqlardek ish tutgandim. Tezroq muvaffaqiyat qozonishni xohlardim, ammo bu amalga oshmadi".