“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:29
ЎЗO‘Z

Shohjahon Ergashev mashhur promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydimi?

25 mar, 16:00 2 595 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shohjahon Ergashev mashhur promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydimi? Xabaringiz bor, bir necha kun avval professional boksda mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev katta loyihaga qo‘l urgani haqida ya’ni, o‘zining "Shohjahon Promotions" promouterlik kompaniyasiga asos solganligi borasida xabar bergan edik.

Biz bokschimiz bilan bog‘lanib, ushbu loyihaga oid bir nechta savollar bilan murojaat qildik.
Quyida ushbu qisqacha suhbatimizni e’tiboringizga havola etamiz.

- Promouterlik kompaniyangiz faqat boksga ixtisoslashganmi yoki boshqa yakkakurash turlari ham rejaga kiritilganmi?
- Assalomu alaykum. Yo‘q. Faqat bokschilar bilan ishlashni maqsad qilganmiz. Hozircha boshqa sport turlari rejamizdan o‘rin olmagan.

- Endi bevosita o‘zingizni janglaringizni ham ushbu kompaniyangiz tashkil qiladimi... “Salita Promotions” bilan hamkorlikchi?
- Albatta, o‘zimning janglarimda ham "Shohjahon Promotions"ning o‘rni bo‘ladi. Qaysidir ma’noda promouterlik kompaniyamning jahon miqiyosida yuqori darajaga chiqishi, tanilishi uchun ham hamkor sifatida ishtirok etadi. Hozirda, “Salita Promotions” bilan shartnomamiz uzilish arafasida... Ko‘ramiz yaqin kunlarda boshqa promouterlik kompaniyasi bilan ish boshlaymiz. Katta ehtimol bilan “Top Rank” bo‘lishi mumkin. Agar, “Top Rank” tomonidan janglarim tashkil qilingan taqdirda ham promouterlik kompaniyamizning bevosita o‘z xissasi bo‘ladi.

- Kompaniya asosan e’tiborini o‘zbek sportchilariga qaratadimi yoki geografik xudud kengroq bo‘ladimi?
- To‘g‘risi, butun dunyo sportchilari bilan ishlamoqchiman. Ayni damda o‘zbekistonlik bokschilarim bor. 7-8 nafarlari bilan hozirda tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdamiz. Oyning oxirida ular o‘z janglarini o‘tkazishlari kerak edi. Lekin barchaga ma’lumki, koronavirus tufayli janglar, shoular to‘xtatildi. Nasib bo‘lsa, tez orada horijlik bokschilar ham safimizga qo‘shiladi.

- Asosiy maqsadingiz mijozlaringizni noldan boshlab olib chiqishmi yoki taniqli bokschilar bilan ham hamkorlik qilasizmi?
- Endi, noldan boshlab olib chiqish professional boksda juda qiyin bo‘ladi. Albatta, promouterlik kompaniyamiz jahonda kuchli darajaga chiqa olsa, taniqli bokschilar bilan ham ishlash istagidamiz. Bu ishni endi boshladik. Yaratganni o‘zi qo‘llab-quvvatlab tursa, asta-sekin barchasiga erishamiz. Hozircha, O‘zbekiston va Rossiya chempionlari bilan ishlashni boshlaymiz.

- Agar, sir bo‘lmasa, ilk mijozlaringiz haqida ma’lumot bera olasizmi?
- Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, o‘zbekistonlik va Rossiya vakillaridan iborat 8 nafar mijozga egamiz. Ular haqida tez orada alohida ma’lumot beramiz.

- Promouterlik kompaniyangiz tomonidan tashkil etiladigan ilk boks oqshomini qayerda o‘tkazish niyatidasiz?
O‘zbekiston va Moskva, to‘g‘riroq aytganda Rossiya hududlarida o‘tkazish niyatidamiz. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardimki, "Shohjahon Promotions" tashkil qiladigan ilk jang kechasini shunchaki emas, aksincha jahon talablariga javob bera oladigan darajada o‘tkazamiz. Bu borada ishlarni boshlaganmiz. Nasib qilib, koronavirus balosi daf bo‘lsa, bu rejalarni amalga oshiramiz.

Ahmadbek Eshmatov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar