“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 15:32
ЎЗO‘Z

Osiyo kubogi-2015. Endi faqat Ermatovga muxlislik qilamiz

25 yanv, 09:52 7 182 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Osiyo kubogi-2015. Endi faqat Ermatovga muxlislik qilamiz O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 27 yanvar kuni 33000 tomoshabinga mo‘ljallangan Nyukasldagi «Newcastle Stadium» stadionida bo‘lib o‘tadigan Avstraliya-BAA terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final o‘yinni boshqarib boradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘taman, bungacha Ravshan Ermatov Osiyo kubogining ochilish o‘yinini — “A” guruhi vakillari bo‘lgan Avstraliya-Kuvayt (hisob: 4-1, 2ta sariq kartochka ko‘rsatgan), "S" guruhidan o‘rin olgan Qatar-Eron (hisob: 0-1, 2ta sariq kartochka ko‘rsatgan) 2-tur o‘yinini va "D" guruhidagi Yaponiya va Iordaniya (hisob: 2-0, 4ta sariq kartochka ko‘rsatgan) terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi 3-tur o‘yinni boshqarib borgandi.

O‘zbekistonlik muxlislarining nigohi yana bir bora Avstraliya tomonlarga, aniqrog‘i Nyukasl shahriga qaratilgan bo‘lsa ajab emas. Chunki, hamyurtimiz yarim final uchrashuvni aynan ushbu stadionda o‘tkazadi.

Rasmiy nomi: Nyukasl, Yangi Janubiy Uels.
Stadion nomi: «Newcastle Stadium».
Sig‘imi: 33000.
Ochilgan yili: 1970 yil 10 aprel.

Ushbu stadionda ikkita guruh bosqich o‘yini bo‘lib o‘tdi.

1-tur, 12 yanvar, 2015. “D” guruhi Yaponiya - Falastin (4-0)
3-tur, 17 yanvar, 2015. “A” guruhi Ummon - Kuvayt (1-0)

30 yanvar kungi 3-o‘rin uchun uchrashuvi ham ushbu stadionda bo‘lib o‘tishini ta’kidlab o‘tish joiz.

Shuningdek, Ravshan Ermatov Osiyo kubogi final bosqichida sakkizta uchrashuvini o‘tkazishi bilan boshqa hakamlardan ajralib turibdi. Seshanba kungi o‘yin hamyurtimiz uchun qit’a chemponatlaridagi 9-o‘yin bo‘ladi.

2004 yil. Xitoy. BAA-J.Koreya (23 iyul).
2011 yil. Qatar. Iroq-Eron (11 yanvar), S.Arabistoni-Yaponiya (17 yanvar) — guruh o‘yinlari, Eron-J.Koreya (chorak final, 22 yanvar), Yaponiya-Avstraliya (final, 29 yanvar).

Hamyurtimizga muxlislik qilishni davom etamiz va Osiyo kubogi-2015 finalini boshqarishni ham tilab qolamiz.

P/S. Musobaqa tashkilotchilari Avstraliya terma jamoasini «A» guruhida faqat 1-o‘rinni egallaydi, deya haddan tashqari o‘zlariga ishonishganmi, u yog‘ini bilmadim-u, lekin ular guruhda 2-o‘rinni olib, mana shu kichik stadionda mezbon jamoa – Avstraliyaning yarim finalda o‘ynashini xayoligayam keltirmagani, qiziq holat. Bu esa musobaqa tashkilotchilari uchun katta muammoga aylangani bor gap. Sababini esa barchangiz bilsangiz kerak, albatta.

Abdumajid Qodirov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 67
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 624
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 193
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 274
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 1
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 57
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 22
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Bo‘limlar