“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:44
ЎЗO‘Z

La liga. «Barsa» yirik g‘alabaga erishdi

25 yanv, 00:09 6 477 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
La liga. «Barsa» yirik g‘alabaga erishdi "Barselona" klubi "Elche"ga qarshi o‘yinni yarim kuch bilan o‘tkazishiga qaramay, o‘ta yirik hisobda g‘alaba qozondi. Enrike bu o‘yinda Suares, Alves, Buskets, Inestaga dam berdi.

Birinchi bo‘limda o‘yin tempi juda past bo‘ldi. Messi tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasini Pike golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘limda Neymarga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik natijasida belgilangan penaltidan Messi hisobni 2:0ga etkazdi.

Shundan so‘ng "Elche" futbolchisi Faysal Fajr ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi. Natijada kataloniyaliklar yana 4ta gol urishdi. Ayniqsa, o‘yinning 69 va 71-daqiqalarida Messi-Neymar tandemi tomonidan urilgan gollar chiroyli chiqdi. Bu o‘yinda Messi 2ta gol urdi va 3ta golga mualliflik qildi. Neymar hisobiga esa 2ta gol va 2ta assistentlik yozildi. Yakuniy hisob - 0:6.

"Barselona" o‘z ochkolarini 47taga etkazdi va "Real"ni ta’qib etishda davom etadi.

Ispaniya La ligasi, 20-tur
Elche – Barselona 0:6 (0:1, 0:5)
Gollar
: 0:1 – 35 Pike, 0:2 – 55, penalti Messi, 0:3 – 69 Neymar, 0:4 – 71 Neymar, 0:5 – 88 Messi, 0:6 – 90 Pedro.
Elche – Titon, Pelegrin, Roko, Suares, Sisma (Albakar, 61), Fajr, Pashalich, Rodriges, Niges (Koro, 82), Gonsales (Lomban, 70), Jonatas.
Barselona – Bravo, Bartra, Montoyya, Pike, Alba (Buskets, 70), Xavi (Roberto, 72), Maskerano (Adriano, 70), Rafinya, Pedro, Neymar, Messi.
Ogohlantirishlar: Sisma (20), Niges (27), Pelegrin (35), Jonatas (40), Fajr (41), Maskerano (62), Alba (66), Lomban (79).
Chetlatish: Fajr (57).

Manba: www.stadion.uz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 1
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 79
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 67
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 194
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar