“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:18
ЎЗO‘Z

Andrey Kanchelskis: Bugun 2 ochko yo‘qotdik

15 mar, 23:37 2 214 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Kanchelskis: Bugun 2 ochko yo‘qotdik O‘zbekiston Superligasining 3-turida "Andijon" klubi o‘z uyida "Navbahor"ni qabul qildi va bellashuv nursiz durang bilan yakuniga yetdi.
Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Derbi bu derbi. Raqibimiz jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani bilindi va biz ham tayyorlangandik. Doimo derbilar qiyin bo‘lgan. Gol urishimiz ham mumkin edi, o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Asosiysi muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Ochkolar kerak edi, barchaga ochko kerak. Bugun 2 ochko yo‘qotdik. Agar gol urib olganimizda, barchasi boshqacha bo‘lar edi. Birinchi navbatda yigitlarga xohishi, ma’suliyati va kurashishganligi uchun rahmat aytaman. Shu o‘rinda, tashrif buyurib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Haqiqatdan ham ular bizga katta kuch berishadi va bizning haqiqiy 12-o‘yinchimiz hisoblanishadi.

Men 2 ochko yo‘qotilgan o‘yinlarning natijasidan norozi bo‘laman. Biz g‘alabaga tayyorgarlik ko‘rgandik, ammo qaytarib aytaman bu derbi! Men o‘zimning dastlabki derbiyimni yodga olsam, bu shotland derbisi bo‘lgan va unda qo‘llarini sindirib olishgandi.

Matbuotdan, rahbariyatdan umuman barchadan qanday bosim bo‘lishini yaxshi bilib turamiz. Bunday vaziyatlarda, biror-bir futbolchi psixologik tomondan sinib qolishi ham mumkin. Shunday jihatlarni hisobga olsak, natijadan xursand emasman, ammo yigitlardan mamnunman.

Ayrim futbolchilarda derbining bosimidan biroz dovdirash, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi ko‘rindi. Bu dastlabki bo‘limda yaqqol ko‘zga tashlandi, ammo ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘zini qo‘lga olishdi va vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi. Bunga asosan, matbuot, gazetalar, suhbatlarning derbi, derbi, derbi degan bosimi sabab bo‘ldi deb o‘ylayman.

Koronavirus haqida nima deyish mumkin? Albatta, muxlislarsiz maydonlarda maydonga tushish yoqimsiz. Baribir, birinchi o‘rinda inson sog‘lig‘i turadi. Yaxshisi keling, ertanga qanday qaror qabul qilishligini kutamiz.

Ha, men Andijonda ilk bor bo‘lishim va bu yer menga yoqdi. Stadion, mehmonxona umuman barchasi a’lo darajada, Agar maydonga yana biroz yaxshiroq qarashganida nur ustiga a’lo nur bo‘lardi." - dedi Kanchelskis.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar