“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:24
ЎЗO‘Z

Koronavirus tufayli Olimpiada 2020 kechiktiriladimi?

13 mar, 23:39 3 153 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus tufayli Olimpiada 2020 kechiktiriladimi? Yaponiya boshqaruv partiyasining yetakchi a’zosi, Tokio 2020 Olimpiada tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sababli yozgi o‘yinlarni keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishi haqida o‘ylashayotganini ma’lum qildi, chunki shahar hokimi belgilangan tartibda davom etishini talab qilgan.

Mamlakatning keyingi yetakchisi lavozimiga tayinlangan sobiq Mudofaa vaziri Shigeru Ishiba, bu masalani Xalqaro Olimpia Qo‘mitasi (XOQ) hal etishi kerakligini aytdi. Ishiba Yaponiya hukumatini har qanday ehtimollikka tayyor turishga chaqirdi.
"Hukumat endi o‘yinlar kechiktirilsa yoki bekor qilinsa, nima qilish kerakligi haqida o‘ylashi kerak", deya qo‘shimcha qildi u.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 620 ta Covud-19 holati va 12 ta o‘lim qayd etilgan. Ushbu raqamlar o‘tgan oy Yaponiyaning Yokoxama portida karantin qilingan "Diamond Princess" sayohat layneri bilan bog‘liq 700 ga yaqin infeksiya va 7ta o‘limdan tashqari hisoblangan.

Tokio gubernatori Yuriko Koike payshanba kuni 24 iyul kuni ochilishi kerak bo‘lgan o‘yinlarni bekor qilish "aqlga sig‘maydi" deb aytdi, ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining pandemiya tarqalishini e’lon qilishi ushbu tadbirga birmuncha ta’sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.

Tashkiliy qo‘mitaning boshlig‘i Yoshiro Mori o‘yinlar belgilangan tartibda davom etishini aytdi. Bunday muzokaralar keng miqyosda hamon davom etmoqda, o‘yinni may oyiga kechiktirish haqidagi fikrlar sportchilarga noqulaylik tug‘diradi deb qaralmoqda.

Koronavirusning tarqalishi allaqachon tayyorgarlikni buzgan. An’anaviy alanga marosimi Gretsiyaning Olimpiya shahrida tomoshabinlarsiz o‘tkazildi va 20 mart kuni Yaponiyaga mash’alning kelishiga bag‘ishlangan tadbir kamaytiriladi.

Ayrim sport turlari bo‘yicha Olimpia saralash turnirlari ham bekor qilingan, keyinga qoldirilgan yoki turli mamlakatlarga ko‘chirilgan.
Tokio, Olimpiada




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar