“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:24
ЎЗO‘Z

Koronavirus xavfi sababli O‘zbekistonda o‘tadigan barcha Xalqaro tadbirlar va musobaqalar vaqtincha to‘xtatildi

09 mar, 13:11 2 978 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus xavfi sababli O‘zbekistonda o‘tadigan barcha Xalqaro tadbirlar va musobaqalar vaqtincha to‘xtatildi Foto: Ciro Fusco / European Pressphoto Agency
Koronavirus epidemiyasining O‘zbekistonga kirib kelishini oldini olish maqsadida respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va musobaqalar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi saytida ma’lum qilindi.

«Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, qolaversa hukumat tomonidan berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyrug‘i qabul qilindi», deyiladi xabarda.

Vazirlik buyrug‘iga ko‘ra, endilikda xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari ham vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, sportning barcha turlari bo‘yicha respublika musobaqalari (chempionat va kuboklar) Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishilgan holda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Kun.uzʼning Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yaqin manbasi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va musobaqalarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ham yig‘ilish bayoni qabul qilingan.

Manbaning aytishicha, tegishli mutasaddi tashkilotlarga koronavirusdan xoli hudud sifatida O‘zbekistonning turizm salohiyatini ko‘rsatuvchi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifasi ham yuklatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 98
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 76
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 72
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 192
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar