“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:26
ЎЗO‘Z

Shota Arveladze: "Paxtakor" futbolchilari tezroq formaga kirishlari kerak"

08 mar, 20:00 2 909 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shota Arveladze: "Paxtakor" futbolchilari tezroq formaga kirishlari kerak" Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.
"Har bir o‘yin juda qiyin o‘tmoqda, mavsum boshi bo‘lgani uchun. Formaga tezroq kirish kerak. Uchta goldan tashqari yana 4-5ta golli vaziyat bo‘lgandi. Raqibda esa adashmasam birinchi taymda yarimta vaziyat bo‘ldi.

Biz chiroyli gollar urdik. G‘alaba qozonish juda muhim edi. Birinchi taymda biroz sekinroq o‘ynadik. Balki raqib maydon markazida to‘pni erkin berib qo‘ygani uchun shunday bo‘lgandir. Ikkinchi taymda ko‘proq hujumga o‘tdik, to‘p uzatishlar ko‘proq bo‘ldi. Bir marta to‘p ustunga tegdi. Ikkinchi taymda chiroyli o‘yin va chiroyli gollar evaziga juda muhim g‘alaba qo‘lga kiritildi", - deydi Shota Arveladze.

- "Paxtakor" o‘tgan yilgidek agressiv emasdek ko‘rinmoqda...
- Xuddi shuni boshida aytdim. Mavsum boshi bo‘lgani uchun futbolchilar tezroq formaga kirishlari lozim. Rostini aytsam, Superligada ikkala o‘yinda ham raqib deyarli 10 kishi bo‘lib himoyalandi. Men ko‘prog‘ini xohlayman va ko‘prog‘ini kutaman. Temp qo‘shish kerak, formaga kirish kerak. Balki hujumda agressiv emasdirmiz biroq 4ta rasmiy o‘yinda 10ta gol urdik va 2ta gol o‘tkazdik. O‘yinni yaxshilash uchun vaqt bor, xatolarni ko‘rib chiqish va ishlashda davom etish lozim.

- Derdiyok haqida nima deysiz?
- O‘yinga yaxshi qo‘shildi. Haqli ravishda penalti ishladi. Bunday o‘yinlarga qo‘shilib ketish qiyin.

- Asad Sobirjonov mashg‘ulotlarda juda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Unga qachon yanada ko‘proq imkoniyat berasiz?
- Jamoadagi barcha bir-biri bilan raqobatlashmoqda. Hammaning o‘z roli bor. Kimdir o‘yinni boshlaydi, kimdir tugatadi. Tarkibda yaxshi formada bo‘lmaganlar ham bor, ular bilan ham ishlashda davom etamiz.

- O‘zbekiston chempionatida deyarli barcha jamoa himoyaviy o‘yin namoyish etishadi. Shu boisdan "Paxtakor" himoyachilari yetarlicha bosimni his qilishmayapti. Buni qanday hal qilmoqchisiz?
- Kamida 4ta klub hujumkor o‘ynaydi. Bular "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Nasaf" va yana bir jamoa topilsa kerak. Sababi ularning uslubi shunday. Futbol shunday OCHLga ham, Superligaga ham tayyorlanish kerak. Himoyachilarga ham bunday vaziyatda qiyin, butun o‘yin davomida hech qanday vaziyat bo‘lmaydi va bitta hujum qimmatga tushishi mumkin. Shu bois doim xushyor bo‘lish shart.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar