“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev Marko Stanoyevich va Umar Eshmurodov haqida gapirdi

01 mar, 22:12 2 731 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev Marko Stanoyevich va Umar Eshmurodov haqida gapirdi Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugungi g‘alabaga asosiy sabab bo‘lgan narsa bu xotirjamlik deyishim mumkin. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ham xotirjamlikni saqlab qoldik va yigitlar g‘alabaga ishonch bilan harakat qilishdi.

Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Faqat bugun ayrim sabablarga ko‘ra bir qator futbolchilar xizmatidan foydalana olmadik. Albatta, mavsumni g‘alaba bilan boshlash yoqimli holat va barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun uzoq yo‘l bosib kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Mavsum endi boshlandi va natijalar har xil bo‘lishi mumkin. Kamchilikarimiz bor, to‘pni nazorat qilish, qarshi hujumlarni yakunlashda. Buning ustida ish olib borishimiz kerak ekanligini ko‘rinib qoldi.

Bugun rejamiz bo‘yicha himoyalanib o‘ynashimiz kerak edi. Ammo himoyadagi texnik xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Bahs oxirigacha o‘yinni ham, natijani ham nazorat qildik.

O‘ylashimcha "Qizilqum"ni kuchli futbolchilar tark etdi, ularning o‘rniga kelgan yangilar jamoaga qo‘shilib ketishlari uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Marko Stanoyevich nima uchun o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi? U tajribali futbolchi, yosh futbolchilar yoniga Rahmatullayev, Stanoyevich kabi tajribali o‘yinchilarni olib keldik. Uni maydonga tushirishni istagandik, ammo uning sobiq klubi "Irtish"dan hujjat kelishi kerak. Bu hujjat kelishi bilan u maydonga tushadi. Akmal Mozgovoy o‘yinni yaxshi boshqarib bordi, texnik xatolar bo‘ldi, ammo umuman olganda yaxshi harakat qildi.

Umar Eshmurodov ancha yillar davomida bizning klubimizda o‘ynagan. U OCHLda o‘ynashni istagandi, ammo "Paxtakor"da deyarli maydonga tushmayotgani uchun Shota Arveladze bilan gaplashib jamoadan ketmoqchi ekanini aytgan. Biz hozir vaziyatni kuzatib borayapmiz, agar Eshmurodov "Nasaf"ga qaytsa albatta xursand bo‘lamiz”, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 0
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 26
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar