“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:50
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Ashurmatov: ”Rayevatsni jamoaga qaytarmoqchimiz”

28 fev, 20:50 2 686 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Ashurmatov: ”Rayevatsni jamoaga qaytarmoqchimiz” Superliga 1-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Baxtiyor Ashurmatov va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri Quvondiq Ro‘ziyev ishtirok etishdi.

Baxtiyor Ashurmatov: - O‘yin o‘g‘risida aytishim mumkinki, bugun ochilish uchrashuvi bo‘lgani tufayli o‘yin shiddatli kechdi. Yirik g‘alaba bir qarashda osondek tuyulishi mumkin. Lekin bugun juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Ayniqsa, 1:0 hisobda oldinda borayotganimizda raqiblarimiz bosimni oshirishdi. Juda his-hayajonga boy daqiqalar ko‘p bo‘ldi. Lekin muxlislarimizning hayqiriqlari va qo‘llab quvvatlashlari tufayli futbolchilarimiz yana oldinga intilishdi.

Ikkinchi golni kiritib olganimizdan keyin ham futbolchilarim o‘yin shiddatini tushirishmadi, buning uchun ularga rahmat aytaman. "Buxoro" jamoasi himoyaviy o‘yin ko‘rsatishini oldindan bilgandik. Hisob 2:0 bo‘lgach raqiblarimiz himoya chizig‘ida bo‘sh zonalar ko‘paydi. Bugungi g‘alabamizdagi asosiy faktorlardan biri bu stadionda bizni qo‘llab turgan muxlislarimiz bo‘ldi. Stadionda yaratilgan ajoyib atmosfera uchun muxlislarimizga jamoamiz nomidan katta rahmat aytaman.

Bugun hujumchilarimiz o‘yinidan to‘la qoniqdim. Garchi ular bugun gol ura olishmagan bo‘lishsa-da, doim raqib himoyachilarini bosim ostida ushlab turishdi. Zohid Abdullayev borasida shuni aytishim mumkinki, biz Muzaffar Muzaffarovni safimizga qo‘shib olish borasida Zohid Abdullayevni “Metallurg”ga berishga kelishdik. Bu hujumchi bilan do‘stona xayrlashdik. Hujum chizig‘imizni kuchaytirish uchun qo‘qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Filip Rayevatsni qaytarmoqchimiz. Shu kunlarda ushbu legioner futbolchi safimizga kelib qo‘shiladi.

Quvondiq Ro‘ziyev: - Barchani bugungi futbol bayrami bilan tabriklayman. Bugun muxlislarimiz ham bizga katta kuch berishdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashlari bizga dalda bo‘ldi. Bugun standartlar o‘yin taqdirini hal etishi borasida murabbiylarimiz aytishgandi. Shuning uchun standartlarga alohida e’tibor berdik. Yakka kuashlarda ham raqiblarimizga imkon bermadik. Birinchi o‘yinda raqibning kuchini bilish qiyin. G‘alabamizning asosiy sababi, bugungi o‘yinda murabbiylarimizning 90 foiz ko‘rsatmalarini to‘liq amalga oshira oldik.

Manba: kokand1912.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 173
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar