“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

O‘zbek bokschilari AQSH va Kambodjada ringga ko‘tariladi

28 fev, 00:10 3 103 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek bokschilari AQSH va Kambodjada ringga ko‘tariladi 28 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi Sam's Town Hotel & Gambling Hall boks majmuasida navbatdagi professional boks musobaqasi o‘tkaziladi, deya xabar tarqatdi vRINGe.com sayti. E’tiborlisi, musobaqaning markaziy jangida -63,5 kg vazn toifasida xamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov amerikalik Kit Xanter bilan ro‘baro‘ keladi.

Faoliyati mobaynida Kit Xanter 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi Rahmonov esa profi boksda 15 ta jangning 12 tasini g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va bitta durang bilan yakunlagan. Hamyurtimizning 2 ta mag‘lubiyatidan bittasiga aynan Xanterdan 2019 yilda uchraganligini inobatga olsak, jang murosasiz kechishi shubhasiz.

29 fevral kuni esa AQSHning Texas shtati Frisko shahridagi The Ford Center at The Star boks majmuasida esa hamyurtimiz Isroil Madrimov venesuelalik 40 yoshli Charli Navarro bilan -69,9 kg vazn toifasida bahslashadi. Ahamiyatlisi, ushbu bellashuv WBA chempionlik kamari uchun da’vogarni aniqlash uchrashuvi ekanligi bilan ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Xuddi shuningdek, aynan 29 fevralda yana bir qator yosh professional bokschilarimizdan Olimjon Nazarov, Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek Shermatov Kambodjaning Bavet shahridagi bellashuvlarda ishtirok etishadi. Olimjon Nazarov o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental kamarini filippinlik Orli Silvestrdan himoya qilsa, Ravshanbek Shermatov va Abdurasul Ismoilov mahalliy bokschilarga qarshi reyting janglarini o‘tkazishadi.

To‘lqin RO‘ZIYEV




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 202
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 134
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 57
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 207
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar