“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:46
ЎЗO‘Z

«Liverpul» qachon chempion bo‘lishi mumkin?

25 fev, 16:34 2 928 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Liverpul» qachon chempion bo‘lishi mumkin? Foto: Liverpool FC
Angliya premer ligasining 27-turida «Liverpul» «Enfild»da «Vest Hem»ni qabul qilib, irodali g‘alabani nishonladi (3:2).
Endi «Liverpul» chempionlikni boy berishini tasavvur qilish qiyin – jamoa joriy mavsumda 27 o‘yinda 26 g‘alabaga erishgan, bir durang qayd etgan va 79 ochko to‘plagan (to‘plar nisbati 64-17).

Yurgen Klopp jamoasi APL o‘yinlarida bir yildan ortiq vaqt mag‘lubiyatsiz davom etmoqda: mag‘lubiyatsiz 44 o‘yin. Endi jamoa «Arsenal»ning rekordini yangilash uchun harakat qilishi mumkin - Vengerning «kanonirlar» bilan mag‘lubiyatsiz seriyasi 49 o‘yinni tashkil etgandi. Besh turdan keyin «Liverpul» «Etihad»da «Manchester Siti» mehmoni bo‘ladi.

Ayni vaqtga kelib «Liverpul» «yengilmas» «Arsenal» 2003/04 yilgi mavsumda davomida qo‘lga kiritgan g‘alabalar sonini qayd etib bo‘ldi.
Jamoa mart oyidayoq chempionlikni nishonlashi mumkin. Quyida bu qanday hollarda ro‘y berishi ehtimoli ko‘rib chiqiladi:

1. Agar «Liverpul» va «Man Siti» qolgan o‘yinlarda ochko yo‘qotishsiz davom etsa, «Liverpul» 21 mart kuni «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda chempionlikni tantana qilishi mumkin. Bu Klopp jamoasiga yana 4 g‘alaba yetarli deganidi.

2. «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin keyinroqqa qoldirilishi ham mumkin, agar Klopp jamoasi Angliya Kubogining keyingi bosqichida «Chelsi»ni mag‘lub etsa. Bu holda juda qiziq vaziyat yuzaga keladi: «Liverpul» 4 aprel kuni «Man Siti»ga qarshi chempionlik o‘yinida maydonga tushishi mumkin (buning uchun ikki jamoa ham o‘sha vaqtgacha yo‘qotishsiz borishi talab etiladi).

3. Chempionlik ancha ertaroq ham ro‘y berishi mumkin: «Liverpul» 14 martdayoq «Everton»ga qarshi o‘yinda chempionlikka erishishi mumkin. Buning uchun «Liverpul» «Everton»ga qarshi o‘yingacha «Uotford» va «Bornmut»ni yengishi, «Man Siti» esa 8 mart kuni «MYU»ga, 14 mart kuni esa «Byornli»ga yutqazishi talab etiladi.

4. FiveThirtyEight sayti «Liverpul» bu mavsumda 104 ochko jamg‘arib, ikki yil muqaddam «Man Siti» tomonidan Gvardiolaning ikkinchi mavsumida o‘rnatilgan rekordni (100 ochko) yangilashini taxmin qilmoqda. FiveThirtyEight tizimi har bir jamoaning xG ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda natijani taqdim etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar