“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:06
ЎЗO‘Z

Jasurbek Jaloliddinov: "Milliy terma jamoa libosini kiyish – har bir futbolchi uchun sharaf"

15 fev, 07:26 2 565 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jasurbek Jaloliddinov: "Milliy terma jamoa libosini kiyish – har bir futbolchi uchun sharaf" Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2020 yilda Jahon chempionati saralashi doirasida 3 ta juda muhim o‘yin o‘tkazadi.
Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi. Ushbu o‘yinga jiddiy hozirlik olib borish maqsadida terma jamoamiz 18-24 fevral kunlari BAAda yig‘in tashkil etadi. Mazkur yig‘in doirasida 23 fevral kuni Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi.

Ushbu yig‘inda “Bunyodkor” jamoasining 17 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Jasurbek Jaloliddinov ham ishtirok etadi. Yosh iste’dod egasi milliy jamoadan chaqiruv olganidan mamnun ekanini aytib o‘tdi:

– Milliy terma jamoa libosini kiyish, mamlakat bosh jamoasi safida to‘p surish – har bir futbolchi uchun sharaf sanaladi. Men ham yoshlikdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lishni orzu qilganman. Bu orzum amalga oshayotganidan behad mamnunman.

“Bunyodkor” jamoasi tarkibida Rustam Ashurmatov, Eldor Shomurodov kabi o‘yinchilarning yosh bo‘lsa-da milliy terma jamoada o‘ynashlarini kuzatib, ularga hamisha havas qilganman. Mening ham milliy jamoadan chaqiruv olishimda jamoadoshlarimning va murabbiylarning xissasi katta.

Endi bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun bor mahoratni ishga solish, mashg‘ulotlarda ham, o‘yin davomida ham maydonda qattiq ter to‘kish lozim bo‘ladi, – dedi yosh futbolchi.

Manba: ufa.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 135
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 33
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar