“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 01:47
ЎЗO‘Z

Xalqaro birdamlik musobaqasi: o‘zbek o‘g‘loni jahon rekordini o‘rnatdi

13 fev, 06:00 3 354 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xalqaro birdamlik musobaqasi: o‘zbek o‘g‘loni jahon rekordini o‘rnatdi Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Xalqaro birdamlik musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Oltinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida 4 ta vazn toifasida bellashuvlar musobaqaga yakun yasab berdi.

Bugungi dasturdan o‘rin olgan bahslarda -96 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Umarbek Shohnazarov dast ko‘tarishda 155 kg toshni o‘ziga buysindirib bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz siltab ko‘tarishda 186 kg natija ko‘rsatib, bu borada to‘rtinchi bo‘ldi. Lekin, hamyurtimiz ikki kurash natijasida umumiy hisobda yana bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -96 kg:

1. Ilya Ilin (Qozog‘iston) – 355 kg (160 kg, 195 kg)
2. Fares Elbax (Qatar) – 353 kg (159 kg, 194 kg)
3. Umarbek Shohnazarov (O‘zbekiston) – 341 kg (155 kg, 186 kg)

Shundan so‘ng, -109 kg vaznda musobaqada kurashga qo‘shilgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, barcha oltin medallarni o‘ziniki qildi.

E’tiborlisi, u dast ko‘tarishda 189 kg tosh ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bundan oldingi rekord 188 kg edi. Akbar Jo‘rayev siltab ko‘tarishda 221 kg natija ko‘rsatdi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -109 kg:
1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 410 kg (189 kg, 221 kg)

2. Ibragim Bersanov (Qozog‘iston) – 387 kg (181 kg, 206 kg)
3. Ki Sam Jeong (Janubiy Koreya) – 361 kg (171 kg, 190 kg).

Shu tariqa, Poytaxtimiz mezbonlik qilgan Xalqaro birdamlik musobaqasiga yakun yasaldi. Ertadan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga start beriladi, deya ma’lum qildi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 9
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 85
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 140
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 228
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 464
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 0
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 0
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 11
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 9
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 53
  • Bo‘limlar