“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:54
ЎЗO‘Z

Murodjon Ahmadaliyevning jahon chempionlik kamari himoyasi uchun jangi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

12 fev, 10:42 3 358 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Murodjon Ahmadaliyevning jahon chempionlik kamari himoyasi uchun jangi Toshkentda bo‘lib o‘tadi Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA Super va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) o‘zining navbatdagi himoya jangini Toshkentda o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmadaliyev IBF yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion, 2019 yilning mart oyidan buyon majburiy da’vogar bo‘lib turgan Ryosuke Ivasaga qarshi jang o‘tkazishi kerak bo‘ladi. IBF chempion vakillarini majburiy himoya bo‘yicha ogohlantirgan. Tez orada mazkur jangni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Murodjon Ahmadaliyevning promouterlari jangni Toshkentda tashkil qilishni reja qilgan. To‘qnashuv muddati bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmagan, ammo katta ehtimol bilan u yoz oyi boshlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Jang Humo Arena ko‘p tarmoqli sport inshootida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev 30 yanvar (Toshkent vaqti bilan 31 yanvar tongida) kuni Daniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida g‘alaba qozongan va O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita jahon chempionlik kamariga ega chiqqandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar