“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 19:47
ЎЗO‘Z

VXL. "Humo" pley-offga chiqdi!

06 fev, 10:09 2 837 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
VXL. "Humo" pley-offga chiqdi! Bugun Oliy xokkey ligasi (VXL) - Buyuk ipak yo‘li kubogi muntazam chempionatida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
"Humo" jamoasi o‘z maydonida Tverning "Dinamo" klubiga qarshi bahs olib bordi va 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi. "Qanotlilar" uchrashuv davomida ikki bor hisobda ortda qolganlariga qaramay irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, birinchi konferensiyada 59 ochko (A divizonda 59 ochko, 5-o‘rin) jamg‘arishga erishgan Yevgeniy Popixin shogirdlari pley-off yo‘llanmasiga rasman ega chiqishdi.

Gap shundaki, "Tambov" bugun "Rostov" bilan o‘yinda ochko yo‘qotsa, toshkentliklar muddatidan oldin pley-offga chiqishar edi. Amalda ham shunday bo‘ldi, "Rostov" 3:2 hisobida raqibidan ustun keldi.

Endilikda "Humo"ning eng yaqin ta’qibchilari bo‘lmish "Tambov" hamda "Dinamo Tver" oldinda turgan barcha bellashuvlarda g‘alaba qozonib, "qanotlilar" mag‘lub bo‘lgan taqdirda ular ochkolar soni bo‘yicha biznikilarga yetib olish imkoniyatiga egalar. Ammo asosiy vaqtdagi g‘alabalar soni evaziga Yevgeniy Popixin shogirdlari raqiblardan oldinda turadi.

5 fevral o‘zbek xokkeyi tarixidan joy oldi. Bugungi o‘yinda ilk bor muxlislar maydonga o‘yinchoqlar uloqtirish marosimida ishtirok etishdi. Mazkur yumshoq o‘yinchoqlar onkologik kasallikdan aziyat chekuvchi bolalarga va mehribonlik uylariga taqdim etiladi.

Bundan tashqari, Toshkentning "Humo" xokkey klubi Oliy Xokkey ligasi (VXL) pley-off bosqichiga chiqdi. Xokkeychilar shanba kuni safar o‘yinlari seriyasi uchun Nijniy Novgorodga yo‘l olishadi. U yerda 10 fevral kuni "Torpedo-Gorkiy" "Humo"ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 177
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 39
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 86
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 1
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 176
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Bo‘limlar